iz bilmagan koʻp narsalar bor, Qoʻp narsani bilmoq istaymiz. Aql yetmas ishlar qilamiz, Oddiy odamiylikni bilmaymiz. Atom asri, kompyuter asri, Qilni qirq yorib tinmaymiz. Oyda ne borligin bilamiz Oddiy mehr nima bilmaymiz. Yuguramiz yelamiz har kun Hayot qozonida qaynaymiz. Pul topamiz, boylik topamiz Xudo xohishi nima bilmaymiz Biz bilmagan koʻp narsalar bor, Yigʻlab siqtab, toqat qilmaymiz Oʻtkazamiz umrni gʻamda Oddiy umr qadrin bilmaymiz. Vaʼz oʻqiymiz... Bilimdonmiz biz, Biz zoʻrmiz, biz hech ham sinmaymiz. Past nazarda qaraymizu lek Donolik ne asli bilmaymiz. Shu daraja tuban ketganmiz, Gunohni biz koʻzga ilmaymiz. Oʻlim tomon ildam boramiz Hayot nima aslo bilmaymiz. Dindan dars beramiz baʼzan Urf-odatni aslo qoʻymaymiz. Haqman deymiz, Haqlik istaymiz Oddiy haqiqatni bilmaymiz. Talashamiz, tortishamiz goh, Yonamizu, ammo soʻnmaymiz. Yolgʻonni chin deymiz tap tormay, Haqiqatga aslo koʻnmaymiz. Biz bilmagan koʻp narsalar bor, Borligʻini inkor qilmaymiz. Xudo deymiz, Xudo bor deymiz Xudo qandayligin bilmaymiz. Sanayversam adogʻi yoʻqdir, Qachon Xushxabarni tinglaymiz??? Imonliman deymiz bong urib, Imon nimaligin bilmaymiz.Solo per amor kẖlny qrb ạlṣlyb How Firm A Foundation في الاول خلقتنى Let us shine for you 不要为明天忧虑 Бидний Эзэн намайг өсгөх ạ̹lhy ʿṭft Ждем и надеемся zhǔ a wǒ yǒu yī shì qiú nǐ
Song not available - connect to internet to try again?