1 Oʻgʻlim, oʻzgaga kafillik qilib, begona bilan ahdlashgan boʻlsang, 2 oʻz tilingdan ilinib, soʻzlaring tuzoqqa yetaklagan boʻlsa, 3 oʻgʻlim, oʻzganing qoʻliga tushib qolibsan, oʻzingni qutqar, bor, tiz choʻkib yolvor. 4 Oʻzingga uyqu berma, bir soniya ham dam olma. 5 Ovchidan qochgan ohu kabi, bedanavoz qoʻlidan qochgan bedanaday oʻzingni qutqar. 6 Ey tanbal, chumolilarga bir qara, ularning xatti-harakatlarini koʻrib dono boʻl. 7 Ularning na rahbari, na nazoratchisi, na hukmdori bor. 8 Lekin ular yozda oziq toʻplashadi, oʻrim paytida don-dun yigʻishadi. 9 Sen-chi, tanbal, qachongacha uxlaysan?! Qachon oʻrningdan turasan? 10 "Bir oz uxlay, bir mizgʻib olay, yonboshlab birpas dam olay", deysan. 11 Shuning uchun qashshoqlik yoʻltoʻsarday, muhtojlik qaroqchiday ustingga keladi. 12 Ayyor va nopoklar yaramas soʻzlarni gapirib yuradilar. 13 Koʻz qisadilar, oyoq-qoʻllari bilan imo-ishora qiladilar. 14 Yuraklarida doim yovuz niyat qilib, odamlar orasida janjal chiqaradilar. 15 Shuning uchun toʻsatdan ofatga uchraydilar, shifo topmay toʻsatdan halok boʻladilar. 16 Olti narsadan Egamiz nafratlanadi, yetti narsadan U jirkanadi. Bular: 17 manmanlik nigohi, yolgʻonchi til, begunoh qonni toʻkadigan qoʻllar, 18 yomon niyatli yurak, yovuzlikka yuguradigan oyoqlar, 19 yolgʻon gapiradigan soxta guvoh, aka-ukalar orasiga nifoq soluvchilardir. 20 Oʻgʻlim, otang nasihatlariga quloq sol, onang oʻgitlarini rad etma, 21 ularni doim yuragingda saqla, boʻyningga taqib ol. 22 Yurganingda ular senga yoʻl koʻrsatadi, uxlaganingda qoʻriqlaydi, uygʻoqligingda senga gapiradi. 23 Chunki amrlar - chiroq, tanbeh - hayot yoʻli, pand-nasihatlar nurdir. 24 Ular seni boshqalarning xotinidan, zinokor ayolning shirin soʻzidan saqlaydi. 25 Yuragingda uning goʻzalligini orzu qilmagin, koʻzlariga mahliyo boʻlma. 26 Fohishaga bittagina non haqi yetarli, ammo oʻzganing xotini bilan qilingan zino butun hayotingni barbod qiladi. 27 Qoʻyinga choʻgʻ solganda kiyimni kuydirmay boʻladimi?! 28 Choʻgʻ ustida yurganda oyoqni kuydirmay boʻladimi?! 29 Oʻzganing xotini oldiga kirganning ahvoli ham shunday, begona ayolga tekkan jazosiz qolmaydi. 30 Qorni ochligidan oʻzini toʻydirish uchun oʻgʻrilik qilsa, odamlar undan nafratlanmaydi. 31 Lekin qoʻlga tushib qolganda oʻgʻirlangan molining haqini yetti barobar qilib qaytarishi kerak. 32 Zino qilgan aqlsizdir, oʻzini oʻzi nobud qiladi. 33 U koʻp kaltak yeb sharmanda boʻladi, bir umrga badnom boʻladi. 34 Chunki rashk erni gʻazablantiradi, er qasos olganda shafqat qilmaydi. 35 Har qanday hadyani rad etadi, qancha pora bersang olmaydi.THE MASTER'S CALL هللويا نفرح بك Buyuklikka choʻmgan ạ̉krmt ạlrb Yesus Memanggilmu Pulang Seg'ra Sana Geldim mḥbẗ ạllh smt ربي أنت للتعابى عمري ما دقت سعادة سلام سلام أورشليم
Song not available - connect to internet to try again?