Osmon Shohligiga umid qilganlar Rabbimizni chindan, qalbdan sevganlar. Muqaddas Kalomning magʻzini chaqib, Otamizga shukur qilib yurganlar. Bu siz, oʻzimning birodarlarim, Duoda boʻlgansiz boʻlsa dardlarim! Sokin qalbingizda orzular koʻpdir, Aytar soʻzingizning yolgʻoni yoʻqdir. Tunu kuningizdan minnatdor boʻlib, Har lahza, har ondan koʻnglingiz toʻqdir. Bu sizsiz oʻzimning birodarlarim, Xushxabar aytishda jasur, mardlarim! Muqaddas Kalom - bu siz uchun sharaf, Duodasiz, tinchdir har on, har taraf. Muhtojligi boʻlgan har bir insonga, Boʻlmaysiz hech qachon befarq, beʼtaraf. Bu sizsiz oʻzimning birodarlarim, Yuragimga yaqin koʻngil zarlarim! Shunchalar gʻamxoʻrsiz, cheksiz mehringiz, Boshga ne kelsa ham Egam dedingiz. Hayotda ezilgan jon jigarlarga, Yoʻq demay dardiga malham boʻldingiz. Bu sizsiz oʻzimning birodarlarim, Yuragimga yaqin koʻngil zarlarim! Ibodat qilgaysiz, sahar, tunlari bedor, Oʻzganing koʻngliga bermaysiz ozor. Fikringizga til ojiz, donolik bisyor, Bunchalar qalbingiz sokin begʻubor. Bu sizsiz oʻzimning birodarlarim, Yuragimga yaqin koʻngil zarlarim! Imoningiz togʻlardek mustahkam yuksak, Kalomni tinglashda chaqqonsiz, sergak. Samoga talpinib iltijo qilib, Hammaga boʻlasiz doimo tirgak. Bu sizsiz oʻzimning birodarlarim, Yuragimga yaqin, koʻngil zarlarim! Rahmatlar aytaman jonim oʻzingiz, Dilga taskin berar shirin soʻzingiz. Koʻzingizda mehr, tabassum, Quyoshdek porlaydi nurli yuzingiz. Bu sizsiz oʻzimning birodarlarim, Duoda boʻlgansiz boʻlsa dardlarim!Dhambi Ikikulemea Zapali vatru Nepokoj na svete trvá En mä aarteita etsi Само кръвта на Исуса Lord, I believe! โปรดนำไปถึงกางเขน Lead me to Calvary КАК ЛЮБОВТА НАМЕРИ البركة والقدرة والمجد والسلطان Муса Пейгъамбернинъ иляийи
Song not available - connect to internet to try again?