1 Oʻgʻillarim, otangizning pand-nasihatlariga quloq solinglar, eʼtibor berib farosatli boʻlinglar. 2 Sizlarga yaxshi saboq beraman, soʻzlarimdan yuz oʻgirmanglar. 3 Men ota-onamning yolgʻiz, yosh oʻgʻli edim. 4 Bolaligimda otam menga shunday derdi: "Soʻzlarimni yuragingga jo qilib, amrlarimni bajargin, shunda yashaysan. 5 Dono boʻl, idrokli boʻl, ularni unutma, soʻzlarimdan chiqma. 6 Donolikdan yuz oʻgirma, seni himoya qiladi, uni sevgin, seni asraydi. 7 Donolikning boshi shudir, dono boʻl, bor-yoʻgʻingni berib boʻlsa ham, idrok ol. 8 Uni hurmat qil, seni koʻkka koʻtaradi. Uni quchgin, seni shon-shuhratga erishtiradi. 9 Boshingga iltifot gulchambari, shuhrat tojini kiydiradi." 10 Oʻgʻlim, aytganlarimga quloq solib qabul qil, shunda umring uzoq boʻladi. 11 Senga donolik yoʻllarini oʻrgatdim, toʻgʻri yoʻldan olib yurdim. 12 Yurganingda toʻsiqqa uchramaysan, yugurganingda qoqilmaysan. 13 Yoʻl-yoʻriqlarimni qattiq ushla, qoʻyib yuborma, ularni qoʻriqla, chunki ular hayotingdir. 14 Fosiqning soʻqmoqlariga oyoq bosma, yovuzlar yoʻlidan yurma. 15 Hatto nazar solma, yonidan ham oʻtma, qayrilib uzoqdan yurgin. 16 Chunki ular yomonlik qilmasdan uxlay olmaydi, birortasiga zarar keltirmaguncha uyqulari kelmaydi. 17 Ular fosiqlik nonini yeydi, zoʻravonlik sharobini ichadi. 18 Solihning yoʻli tongga oʻxshaydi, kun chiqquncha tong yorishaveradi. 19 Fosiqning yoʻli esa zulmat kabidir, nimaga qoqilib ketishini bilmaydi. 20 Oʻgʻlim, soʻzlarimni eshit, aytganlarimga quloq sol. 21 Ularni koʻz oldingdan qochirma, yuragingning qaʼrida saqlagin. 22 Chunki ularni topganlarga hayot, butun tan-joniga malham boʻladi. 23 Bor kuching bilan qalbingni asra, chunki u hayot bulogʻidir. 24 Ogʻzingdan egrilikni, tilingdan ayyorlikni olib tashla. 25 Koʻzlaring toʻgʻriga qarasin, nigohing oldingga qaratilgan boʻlsin. 26 Toʻgʻri yoʻlni tanlab yur, qadamingni oʻylab bos. 27 Oʻngga ham, chapga ham ogʻma, yovuzlikdan uzoqlash.Non aver paura În Domnul mi-am pus eu nădejdea حولنا عنك عينينا Ризамын V každej chvíli Bağışla məni, Allah, bağışla, yalvarıram Vitaj, ó, Ježiško narodený Splinters and Stones أنت ابتهاجي kẖbz ạlbnyn
Song not available - connect to internet to try again?