Dunyoni gunohin Olgan oʻziga U sodiq har bitta Aytgan soʻziga Azoblar koʻrinmay Aslo koʻziga Men uchun Rabbimiz Xochda jon berdi. Va qayta tirilib Pok imon berdi. Gunohkor men edim U solih edi Qoʻliga qoqilgan Maxsus mix edi. Shuncha azobda ham U: "Kechir..." dedi Siz uchun Rabbimiz Xochda jon berdi Va qayta tirilib Pok imon berdi. Barcha laʼnatni U Oʻziga oldi Otasin soʻziga U sodiq qoldi. Eng ogʻir jazoni Boshiga soldi Biz uchun Rabbimiz Xochda jon berdi. Va qayta tirilib Sof imon berdi. Bugun men gunohdan Ozod bandaman, Xudoyim mehridan Men shod bandaman Rabbimsiz men asli Parokandaman Men uchun Rabbimiz Xochda jon berdi. Va qayta tirilib Sof imon berdi. Mana men ne uchun Kuylayman Uni, Mana men ne uchun Sheʼrning tutquni. Ulugʻlansin Otam Har kun, har tuni Biz uchun Rabbimiz Xochda jon berdi Va qayta tirilib Bir imkon berdi.You Bled Dai dai Я візьму з Неба любові чуть-чуть Бог на велики дела فرصة تتعرف عليه Yesu, Ina Roƙonka, Ina Neman Cetonka ạ̉yn trʿy̱ Chrystus kocha nas niezmiernie Som iba pútnikom Oh Cuanto Le Amo
Song not available - connect to internet to try again?