Dunyoni gunohin Olgan oʻziga U sodiq har bitta Aytgan soʻziga Azoblar koʻrinmay Aslo koʻziga Men uchun Rabbimiz Xochda jon berdi. Va qayta tirilib Pok imon berdi. Gunohkor men edim U solih edi Qoʻliga qoqilgan Maxsus mix edi. Shuncha azobda ham U: "Kechir..." dedi Siz uchun Rabbimiz Xochda jon berdi Va qayta tirilib Pok imon berdi. Barcha laʼnatni U Oʻziga oldi Otasin soʻziga U sodiq qoldi. Eng ogʻir jazoni Boshiga soldi Biz uchun Rabbimiz Xochda jon berdi. Va qayta tirilib Sof imon berdi. Bugun men gunohdan Ozod bandaman, Xudoyim mehridan Men shod bandaman Rabbimsiz men asli Parokandaman Men uchun Rabbimiz Xochda jon berdi. Va qayta tirilib Sof imon berdi. Mana men ne uchun Kuylayman Uni, Mana men ne uchun Sheʼrning tutquni. Ulugʻlansin Otam Har kun, har tuni Biz uchun Rabbimiz Xochda jon berdi Va qayta tirilib Bir imkon berdi.Мой Иисус Смотрю в Твои глаза كەلەمىن ساعان جاراتۋشىم Гючлю куле ạbdạaⁿ mạbybqạsẖ ạlʿyd مزمور 127 - مرنم In my heart there rings a melody Сени Йюджелтириз Джан Ве Йюректен yòng xiàng shén líng gē chàng KHRIHFA I RALRING U
Song not available - connect to internet to try again?