Qargʻish xor qiladi insonni faqat Qargʻishni odatga aylamang bajo // Qargʻamang onalar omonlarimni Qargʻamang otalar yomonlarimni // Farzanddan dilingiz chekkanda ozor Yaratgandan soʻrang kelsin deb najot Qaygʻuga, gʻamlarga botganda dillar // Qargʻamang onalar ozorlarimni Qargʻamang otalar bezorlarimni // Mayli bilmasa ham bir kuni bilar Farzandlar otalar kimligini ham Onalar oq sutin oqlamasa ham Hayot degan yoʻllar ochgay koʻzini // Qargʻamang onalar beorlarimni Qargʻamang otalar bemorlarimni // Farzandlar chirogʻi sizdan nur olar Kimning nuri ziyoda sira qoqilmas Agar farzandingiz tosh otgan boʻlsa Hayhot siz otmangiz toshni qasdma-qasd Qargʻamang onalar bedorlarimni Qargʻamang otalar xor-zorlarimni Koʻp boʻlsa farzandlar dardi ham koʻpdir Har dardga chalingan hajri ham koʻpdir Olamda bor ekan borligʻi xoʻpdir Bilmasa u sizni jarligi koʻpdir // Qargʻamang onalar hech bir insonni Qargʻamang otalar hatto dushmanni // Bir kuni ketamiz kelmas maskanga Ilohiy surʼatda yaralgan kuchmiz Abadiyat yoʻliga tashlaylik qadam Duolar qilaylik ojiz kimsaga Qargʻamang onalar bogʻbonlarimni Qargʻamang otalar avlodlarimni Yaxshilar yaxshilik qilaylik hamon Hayhot yomonlar ham boʻlsinlar omon Boʻlsinlar omon!Noche De Paz ТЕБ ОБИЧАМ Dar mai puternic decât vuietul Скоро скоро Иисус придёт Да будет любовь Te voi lăuda mereu al nostru Dumnezeu يا سيدي كم كان قاسيا รักมั่นคงพระองค์ Эй Ахтари ҷовиди мо Niin kauan turhaan harhailin
Song not available - connect to internet to try again?