// Gunoh botqogʻiga Yiqilsam qoʻl choʻz Ruhim koʻzlariga Ochilsin ayt soʻz // // Tuproq bilan bir kun Toʻlganida koʻz Rabbim Shohligingda Meni eslagin! // Gʻiybat ostonasin Xatlamadi kim Xatolarim eslab Muzlaydi etim. Men ojiz bandangga Aylagin rahm // Rabbim Shohligingda Meni eslagin! // Hatto birodarga Chap berib oʻtdim Yordam ber desang Sen Gap terib oʻtdim. Muhtojga koʻkragim Goh kerib oʻtdim... Rabbim Shohligingda Meni eslagin! Men loyiq emasman Inoyatingga Umid qilib keldim Marhamatinga Masihim muhtojman Shafoatingga // Rabbim Shohligingda Meni eslagin! // Ziyoga talpinib Ziyo izladim Oʻzimga oʻzga bir Dunyo izladim Chin dildan aytilgan Duo izladim... Rabbim Shohligingda Meni eslagin! Yoqmadim, yaqinim Yov qarab oʻtdi Ishq dardi yurakda Oʻt qalab oʻtdi Shayton hiyla qilib, Har soniya kutdi // Rabbim Shohligingda Meni eslagin! //Видите как молится тот пленный Salvati per servire Мен тоқтап, біраз көз салсам يا سيدى الحبيب НИЙ ХВАЛИМ ТЕБ 二十一世纪的中国 Исчезают все сомненья Тез келгин, Раббим олдига келгин مين قدنا Mening Nurim
Song not available - connect to internet to try again?