Zamon zayliga qarang, Inson mayliga qarang Bitar bitmagan yarang Rabbim Iso kelmoqda! Shohlikka qarshi shohlik Ofatlardan ogohlik. Yerda qurib podshohlik Rabbim Iso kelmoqda! Koʻzlarda yosh qolmaydi Hech bagʻritosh qolmaydi Egilgan bosh qolmaydi Rabbim Iso kelmoqda! Koʻzingda chaqnar chaqin, Xudoning har Soʻzi chin. Qoldi juda ham yaqin Rabbim Iso kelmoqda! Kutganlar quvnar bu kun Fosiqlarni bagʻri xun Bilmam erta yo bugun Rabbim Iso kelmoqda! Keling Rabbim, najotim Sizla boqiy hayotim. Bu sogʻinchli bayotim Rabbim Iso kelmoqda!Слава на Господ ความสุขภายในใจ Совершилось чудо из чудес Tot ce am ţinut şi-am agonisit Тамамландъ зафер казанълдъ Smieť žiť pre Krista Kitab Suci, Hartaku Jezu, ve svém slitování Yesu Ɗan Allah, Yau Ka Zo Рәхмәт
Song not available - connect to internet to try again?