Hayot soʻqmogʻida Ne ne davonlar Yoʻlimda uchradi Ne ne toʻfonlar Yiqilib, charchadim Chorasiz onlar Rabbim menga yordir Rabbim Najotkor! Kimlar tosh otmadi "Chorbogʻim" tomon Kimlarni "sevgisi" Kuydirdi yomon. Neki ish qilmayin Ishonchim hamon Rabbim menga yordir Rabbim Najotkor! Har bitta kalomi Yoʻlim yoritar Muqaddas Ruh-la Koʻz yoshim artar Har tong turib tongda Zabonim aytar: "Rabbim menga yordir Rabbim Najotkor! " Xatolarim bisyor Bilaman oʻzim, Baʼzan ishim boshqa Boshqadir soʻzim. XUDOYIM SEVGI Yashnatar koʻzim Rabbim menga yordir Rabbim Najotkor! Rabbim sevgisida Yashayman yayrab Hamdu sano bitib Bulbuldek sayrab. Imondir menga bir Qoʻyilgan talab Rabbim menga yordir Rabbim Najotkor! Inoyat ostidaman Shukur Xudoga Marhamat yogʻilgan Yorman duoga Qalbim toʻla bugun Nurga ziyoga Rabbim menga yordir Rabbim Najotkor!Не говори что не видать конца пути 주의 사랑으로 사랑합니다 Tanrı'nın Seçtiklerini Қалдым мен тоғай ішінде ᠪᠦᠭᠦᠳᠡ ᠶᠢ ᠪᠠᠶᠢᠯᠳᠤᠨ ᠳᠠᠭᠠᠭᠤᠯᠵᠤ Дэлхийн бүхий л Bly volhard soos atlete hlmy mʿy yạ ʿrwsty mn lbnạn La tentazione Сенден Айръ Оламам Аллахъм
Song not available - connect to internet to try again?