Kuylab shoʻx-shoʻx sanolar Rabbimni ulugʻlaylik Otamizga olqishu, Maqtovlarni kuylaylik. Koʻlimizdan tushmasin Tor, doira, nay navolar Otamizdan har qalbga Kelsin shifo, davolar. Aytilib pok tilaklar Oʻynab kuling oshnalar Har bir yurak Sevgiga Boʻlsin doim oshinolar. Muqaddas Ruh ohista Yayra desa qalbimga. Nechun qoʻshiq kuylamay Qutqaruvchi Rabbimga! U Xudoni Oʻgʻlidir U yagona Najotkor! Ruhi bilan har nafas Ishlarimga madadkor! Barhayotning Sevgisi Isodadir jamul-jam Sizdek buyuk Xudo yoʻq Mehribonsiz ey, Egam! Men ham bitta erkatoy Farzandingiz qoʻlda tor. Sizga maqtov-olqishdan Qalbim boʻldi begʻubor. Kuylab shoʻx-shoʻx qoʻshiqlar Rabbimni ulugʻlayman. Xudoyimga olqishu Maqtovlarni kuylayman!Худованд Чўпон, Чўпоним Менинг Агар Худованд байтро насозад Ուրախ սիրտը օգտակար Мелеклерле данс етмек Kdo Páně zhrdá pozváním Música del cielo Strålande Где то текла текла река Durmayın Only Jesus
Song not available - connect to internet to try again?