1 Rejalar odamning yuragida, tildagi javob esa Egamizdan. 2 Odamning qilmishlari uning nazarida toʻgʻri, lekin Egamiz yurakning pokligini oʻlchaydi. 3 Ishlaringni Egamizga topshir, shunda rejalaring mustahkam boʻladi. 4 Hamma narsani Egamiz Oʻz maqsadi bilan yaratgan, hatto fosiqlarning ham qismatini belgilab qoʻygan. 5 Barcha takabburlar Egamizga jirkanch, ular jazosiz qolmaydilar. 6 Sevgi va sadoqat tufayli gunoh kechiriladi, Egamizdan qoʻrqish yomonlikdan uzoqlashtiradi. 7 Egamizga insonning yoʻllari maʼqul kelganda, dushmanlari bilan ham yarashtiradi. 8 Adolatsiz kelgan koʻp daromaddan, halol mehnat bilan topilgan ozginasi yaxshiroq. 9 Odam yuragida niyat qiladi, uning qadamini esa Egamiz boshqaradi. 10 Xudoning soʻzlari shohning tilida, hukm qilganda xato qilmaydi. 11 Toʻgʻri taroziyu pallalar Egamiznikidir, tarozi toshlarini ham Xudo yaratgan. 12 Shohning yomonlik qilishi qabihlikdir, chunki uning taxti adolat tufayli mustahkam. 13 Toʻgʻri soʻz shohning quvonchidir, u rostgoʻylarni yaxshi koʻradi. 14 Shohning gʻazabi oʻlim darakchisidir, dono uni tinchlantiradi. 15 Shoh yuzidagi tabassum hayotdan nishona, uning marhamati yomgʻir keltiradigan bulut kabidir. 16 Dono boʻlish - oltindan, idrok topish esa kumushdan ham yaxshiroqdir. 17 Toʻgʻrining yoʻli yomonlikdan uzoqlashtiradi, qadamini bilib bosgan odam oʻz jonini asraydi. 18 Magʻrurlikning ortidan halokat keladi, takabburlikdan soʻng esa odam qoqiladi. 19 Takabburlar bilan oʻlja boʻlishgandan koʻra, kamtarin boʻlib kambagʻallar orasida yashash yaxshiroq. 20 Gapga tushunadigan yaxshilik topadi, Egamizga umid bogʻlagan baxtli boʻladi. 21 Qalbida donolik boʻlgan farosatli deb ataladi, shirinsuxanlik aql-idrokni koʻpaytiradi. 22 Idrok oʻzining sohibi uchun hayot bulogʻi, ahmoqlik esa ahmoqqa jazodir. 23 Dononing yuragi tiliga idrok beradi, soʻzlarini ishonchli qiladi. 24 Yoqimli soʻz asal kabidir, jonga rohat, suyaklarga malhamdir. 25 Shunday yoʻl borki, insonga toʻgʻri boʻlib koʻrinadi, ammo oxiri oʻlimga olib boradi. 26 Mehnat qiladigan odam oʻzi uchun ishlaydi, chunki och qorni uni undaydi. 27 Yaramas odam yomonlikni qoʻzgʻaydi, soʻzlari kuydiradigan olov kabidir. 28 Makkor janjal chiqaradi, gʻiybatchi esa yaqin doʻstlarni ajratadi. 29 Yovuz oʻzgani aldab, yomon yoʻlga boshlaydi. 30 Koʻzini qisgan - yomon niyatda, labini tishlagan esa yovuzlik qilgan. 31 Oqargan sochlar - sharofat toji, solihlik yoʻlida yurgan unga erishadi. 32 Jahlini tiygan - qudratlidan, oʻzini tuta biladigan esa shaharni yenggandan yaxshiroq. 33 Qurʼa tashlanadi, ammo barcha qaror Egamizdandir.Исо Раб келади Within the Father's House Zaspievam ti pieseň أحلى حبيب Ta wielka rzecz Vzkriesený Han Leder Meg พระเจ้าทรงสถิตกับฉัน Сана Гювенирим Un minuto per Dio
Song not available - connect to internet to try again?