1 Sharob - mazaxchi, aroq - janjalkash, ularga aldanganlar nodondir. 2 Shohning gʻazabi - sherning oʻkirishiday, uning jahlini chiqargan jonidan mahrum boʻladi. 3 Janjaldan oʻzini tortish - insonning hurmati, ahmoq esa janjalga aralashadi. 4 Dangasa kuzda yer haydamaydi, oʻrim payti esa qidirib hech narsa topolmaydi. 5 Insonning fikrlari - chuqur suv kabidir, fahmli odam ularni tashqariga chiqara oladi. 6 Koʻpchilik oʻzini sodiq deb aytadi, haqiqatan ham sadoqatli boʻlganni topib koʻr-chi! 7 Solih halol yashaydi, uning bolalari naqadar baxtlidir! 8 Hukmronlik qilayotgan shoh oʻz koʻzi bilan barcha yomonliklarni ajratadi. 9 "Qalbimni tozaladim, gunohimdan xoliman", deb kim ayta oladi?! 10 Ikki turli tarozi toshi va notoʻgʻri oʻlchov - ikkovi ham Egamizga jirkanchdir. 11 Hatto yosh bolani ham xulqidan, toʻgʻriligini va pokligini ishlaridan bilsa boʻladi. 12 Eshitadigan quloq, koʻradigan koʻz - ikkovini ham Egamiz yaratgan. 13 Uyquni yaxshi koʻrma, boʻlmasa kambagʻal boʻlasan, koʻzlaringni och, qorning toʻyadi. 14 Xaridor: "Yaxshi emas, yaxshi emas!" deydi-yu, nariroqqa borib maqtanadi. 15 Oltin bor, yoqut toshlar ham koʻp, biroq eng qimmatbaho narsa - bilimli til. 16 Begonaga kafillik qilganning toʻnini yechib ol, ha, bunday aqlsiz odamdan kiyimini garov qilib ol. 17 Nohaqlik bilan topilgan non shirin, ammo keyin ogʻiz tuproq bilan toʻladi. 18 Maslahat bilan reja tuz, aqlli yoʻl-yoʻriq bilan urush olib bor. 19 Chaqimchi sirlarni ochadi, ogʻzi boʻsh odam bilan aloqada boʻlma. 20 Kim ota-onasini laʼnatlasa, uning chirogʻi zulmatda oʻchib qoladi. 21 Boshida shoshilib olingan meros oqibatda baraka keltirmaydi. 22 Yovuzlik uchun qasos olaman demagin, Egamizga umid bogʻlab kutgin, U seni qutqaradi. 23 Ikki xil tarozi toshi Egamizga jirkanchdir, yolgʻon tarozi ham yaxshi emas. 24 Insonning qadami - Egamizdan, shunday ekan, u oʻz yoʻlini qanday tushunsin?! 25 Oʻylamasdan Xudoga vaʼda bergan kishi, ahd qilgandan keyin ikkilangan odam tuzoqdadir. 26 Dono shoh yovuzlarni ajratib, ularning ustidan tegirmon toshi yurgizadi. 27 Odamning ruhi - Egamizning chirogʻi, vujudning barcha chuqurliklarini tekshirib turadi. 28 Sevgi va sadoqat shohni asraydi, oʻsha inoyat tufayli uning taxti mustahkamdir. 29 Quvvat yigit kishining gʻururidir, oqargan sochlar esa keksaning shuhratidir. 30 Qamchining jarohati yomonlikka davodir, kaltak zarbi vujudning eng chuqur joylarini tozalaydi.bdmwʿy̱ jyt lk พระเยซูทรงห่วงข้า Замирает всё Жол ашатын Ho fatto grazia a te ТВОЕТО СЛОВО Е СВЕТИЛНИК МОЙ เพียงผู้เดียว Ищи всегда Бога Выбрали мы узкую дорогу تسامى الحب
Song not available - connect to internet to try again?