Sirlarimni Senga aytdim Xudovandim, Tingla meni men gunohkor oʻgʻlingdurman. // Tanam hokim boʻlmoq istar jon ustidan, Bu kurashda men bemajol oʻgʻlingdirman. // Tanam deydi dunyoga ishq bogʻla koʻngil, Kayf safola dimogʻingni chogʻla koʻngil. // Xaschupni qoʻy oʻylagin ul tola koʻngil, Menga boqsang bir ziyonkor oʻgʻlingdirman. // Ruhim aytar Xudoga tik boqma doʻstim, Manmanlikning nishonini taqma doʻstim. // Vasvasalar daryosiga oqma doʻstim, Ikki qirgʻoq boʻylab bedor oʻgʻlingdirman. // Rabbim aytdi birodaring tovonin oʻp, Iso Masih degan ogʻir zabonni oʻp. // Menchi ayblab yurdim uni koʻzimda choʻp, Netay Ota men badkirdor oʻgʻlingdirman. // Vasvasalar gunoh toshin otib ketdi, Gunohim koʻp yelkamga tosh botib ketdi. // Yigʻlay-yigʻlay diydalarim qotib ketdi, Sen boqmasang men holi xor oʻgʻlingdirman. // Kelgin meni tashlab ketma Muqaddas Ruh, Yuragimni gʻashlab ketma Muqaddas Ruh. // Koʻzlarimni yoshlab ketma Muqaddas Ruh, Dod deyarman,tunlar bedor oʻgʻlingdirman. // Ishonaman Sendan kelar menga najot, Va oyogʻing quchmoq uchun ikki qanot. /// Senda sevgi,Senda umid,Senda hayot, Otajonim yoʻlingga zor oʻgʻlingdirman. ///От смерти душу Ты мою избавил Yık ya Rab Ježiš je hoden chvály Náš Boh vládne qd mạt bạlṣlyb El dormir en Jesús Chtěl bych blíž Tě mít The battle song Гел шимди ашк иле Аллах дийелим nǐ shì wǒ yī shēng de fú fèn
Song not available - connect to internet to try again?