Fikrni yangilang, Ayting dur soʻzlar Masihiy birodar, Ne uchun boʻzlar? Gunohdan ozodmiz, Chaqnasin koʻzlar Rabbimiz tufayli, Solihmiz bizlar! Bilardi Xudoyim, Ojiz bandamiz Goho qaygʻu boʻlsak, Goho xandamiz. Rabbimsiz asli biz, Parokandamiz Rabbimiz tufayli, Solihmiz bizlar! Alfadir bir Oʻzi, Omega Oʻzi! Kalomi tirikdir, Tirikdir Soʻzi. Gunohkor boʻlsakda, Bizlarda koʻzi Rabbimiz tufayli, Solihmiz bizlar! Muqaddas Qonini, Toʻkkan U xochda Yuvdi gunohlarin, Ham toʻqda, ochda. Laʼnatlar mixlangan, Qonli yogʻochda Rabbimiz tufayli, Solihmiz bizlar! Biz yangi ijodmiz, Yangi bir odam Yangi fikrlarga, Toʻlsin bu olam. Masihning qoni-la, Boqmoqda Egam Rabbimiz tufayli, Solihmiz bizlar! Hamdu sano aytib, Keltiring shukur Kamtar boʻling sira, Boʻlmangiz magʻrur. Xudoning oldida, Imon bilan tur Rabbimiz tufayli, Solihmiz bizlar!Подвиг تعليق 14 - مين الكسبان ؟ Ty si mojou múdrosťou Ah, répandons la divine semence Scandal of Grace GOD WILL TAK CARE OF YOU hạ ậty bṭyby L'altra parte di noi ʿlmny̱ yạ rb ạ̉ḥbk Пусть угасло небо
Song not available - connect to internet to try again?