1 Aqlsizga izzat-hurmat koʻrsatish yozda yoqqan qor, yigʻim-terim paytidagi yomgʻir kabidir. 2 Qushlar bekorga osmonga koʻtarilmaganday, sababsiz laʼnat ham odamga tegmaydi. 3 Otga - qamchi, eshakka - suvluq, aqlsizning orqasiga esa - tayoq. 4 Nodonning nodon savollariga javob berma, boʻlmasa sen ham unga oʻxshab qolasan. 5 Nodonning gaplari bemaʼniligini oshkor qil, tagʻin oʻzicha dono boʻlib ketmasin. 6 Aqlsiz orqali xabar yuborgan odam oyogʻini kesib tashlaganday azob chekadi. 7 Ahmoqning ogʻzidagi matal choʻloq oyoqdaydir. 8 Aqlsizga izzat-hurmat koʻrsatish palaxmonga tosh bogʻlab qoʻyish kabidir. 9 Nodonning tilidagi matal mastning qoʻlidagi tikandaydir. 10 Ahmoqni va yoʻldan oʻtgan har bir mastni yollagan odam duch kelganni otadigan kamonkashga oʻxshaydi. 11 Oʻz qusugʻiga qaytib keladigan it kabi, nodon ham oʻz aqlsizligini takrorlaydi. 12 Oʻzini dono deb oʻylaganni koʻrganmisan? Undan koʻra, aqlsizdan umid koʻproq. 13 Dangasa: "Koʻchada sher bor, u ochiq maydonda yuribdi", - deydi. 14 Eshik oʻz oʻqida aylanadi, tanbal esa oʻz toʻshagida. 15 Dangasa qoʻlini kosaga choʻzadi-yu, ogʻziga olib kelishga erinadi. 16 Tanbal oʻz nazarida farosat bilan gapiradigan yetti kishidan ham donoroq. 17 Boshqalarning janjaliga aralashgan daydi itning qulogʻidan choʻzgandaydir. 18 Telba oʻt, nayza va oʻlim yogʻdiradi. 19 Birovni aldab: "Faqat hazillashgan edim" degan ham shundaydir. 20 Oʻtin boʻlmasa, oʻt oʻchib qoladi, chaqimchi boʻlmasa, janjal toʻxtaydi. 21 Koʻmir - choʻgʻ uchun, oʻtin - olov uchun, urishqoq esa janjal chiqarish uchundir. 22 Gʻiybatchining soʻzi shirin ovqat kabidir, odamning butun aʼzoyi badaniga singib ketadi. 23 Shirin soʻzli niyati yomon odam kumush suvi yuritilgan sopol idish kabidir. 24 Dushman tilida boshqacha soʻzlaydi, dilida esa aldashni niyat qiladi. 25 U yumshoq soʻzlaganda ishonma, chunki yuragi qabihlikka toʻla. 26 Nafrat yolgʻon bilan yashirilgan boʻlsa ham, yomonligi el-yurtga oshkor boʻladi. 27 Birovga chuqur qaziganning oʻzi unga tushadi, tosh dumalatganga esa oʻsha tosh qaytadi. 28 Yolgʻonchi til oʻzi yaralagan odamni yomon koʻradi, xushomadgoʻy halokat keltiradi.Я руки к Богу поднимаю ạbthạj frḥ قد عجز النطق Agung Kasihmu, Allah Bapa ىيىق، ىيىق، چۅگۅلۅپ تۇرام Y'en a qui.. قراءة 3 - ليكن نور Ապա Մարդիկ mạ dmt ạnt rby 珍惜今天
Song not available - connect to internet to try again?