1 Dasturxoni toʻla janjalli uydan, bir tishlam qattiq noni bor tinch xonadon yaxshiroq. 2 Sharmandali ish qiladigan oʻgʻil ustidan farosatli qul hukmronlik qiladi, u xoʻjayinining oʻgʻillari qatori merosga sherik boʻladi. 3 Kumush va oltin olovda sinaladi, odamlarning qalbini esa Egamiz sinaydi. 4 Fosiqlar yovuz odamlarning gapiga kiradi, yolgʻonchilar esa gʻiybatga quloq soladi. 5 Kambagʻalni mazax qilgan odam ularni Yaratganni tahqirlaydi, birovning baxtsizligidan quvongan jazosiz qolmaydi. 6 Nabiralar - keksalarning toju taxti, otalar oʻgʻillarning shon-shuhratidir. 7 Yaxshi soʻz nodonga yarashmagandek, yolgʻon ham ulugʻsifat odamga aslo toʻgʻri kelmaydi. 8 Oʻz egasining nazarida pora sehrli qimmatbaho tosh, goʻyo hamma yerda omad keltiradi. 9 Gunohni kechirgan doʻstlikni saqlaydi, uni kavlashtirgan esa doʻstni uzoqlashtiradi. 10 Donoga berilgan bitta tanbeh nodonning boshida singan yuzta kaltakdan taʼsirliroq. 11 Fosiq faqat gʻalayon payida boʻladi, shuning uchun unga yovuz elchi yuboriladi. 12 Tentakning ahmoqligiga yoʻliqqandan koʻra, bolalaridan ayrilgan ona ayiqqa duch kelgan yaxshiroq. 13 Yaxshilikka yomonlik qilganning xonadonidan yomonlik arimaydi. 14 Janjalning boshlanishi - suv urib ketishiga oʻxshaydi, janjal chiqmasdan uni toʻxtat. 15 Fosiqni oqlash, solihni ayblash - ikkovi ham Egamizga jirkanchdir. 16 Bu nima?! Nodonning qoʻlida boylik bor, "Donolik sotib olay", - deydi, lekin unda aql yoʻq. 17 Haqiqiy doʻst har doim sevadi, aka-ukalar ham ogʻir kun uchun tugʻilgan. 18 Qoʻl tashlab birovga kafillik qiladigan aqlsizdir. 19 Gunohni yaxshi koʻrgan urush-janjalni sevar, oʻziga bino qoʻygan halokat qidirar. 20 Yuragi makkor odam yaxshilikka erishmaydi, egri til kulfatga duchor boʻladi. 21 Nodon farzand koʻrgan qaygʻu chekadi, ahmoqning otasi shodlik nimaligini bilmaydi. 22 Shod yurak - shifobaxsh dori, gʻam-kulfat esa jonning egovidir. 23 Fosiq qoʻynidan pora olib adolat yoʻlini oʻzgartiradi. 24 Fahm-farosatli inson donolikka qaraydi, nodonning koʻzi esa dunyoning narigi chetida. 25 Ahmoq farzand - otasiga qaygʻu, uni tuqqan onaga gʻamdir. 26 Solihni jazolash, amaldorni odilligi uchun koyish yaxshi emas. 27 Kam gapirgan - dono, ogʻir, vazmin odam idroklidir. 28 Hatto ahmoq ham indamay oʻtirganda dono boʻlib koʻrinadi, tilini tiyib turgan farosatli hisoblanadi.klmạ ạ̉dkẖl ʿrsẖk حبك ạ̉nt tsẖq ạlbḥr Signor sei splendido Romjaimba élet száll От славы в славу Ты сердце новое Господь мне подарил Ty ľúbiš ma, Pán môj Аллах Бизе Салам Кая lk njtẖw yạ kẖạlq ạlkl
Song not available - connect to internet to try again?