Ogʻir kunda, doim yonimda Kunu-tunda, doim yonimda. Shubha boʻlmas hech imonimda Xudo Sevgi, Xudo mehribon. Sevgisidan doim qonaman Visolini oʻylab yonaman. Sodiqdir U, men ishonaman!!! Xudo Sevgi, Xudo mehribon. Ojizligim bilar U meni Doim baxtim tilar U meni Har kun boshim silar U meni Xudo Sevgi, Xudo mehribon. Oʻrgatadi solih boʻlishni Oʻrgatadi sodiq boʻlishni. Sabr bilan oʻrgatar ishni Xudo sevgi, Xudo mehribon. Yiqilsam gar turgʻizib qoʻyar Oʻz yoʻlimga yurgizib qoʻyar. Otalarcha mehrila suyar Xudo sevgi, Xudo mehribon. Adashganni izlagan Ota Rad etganni "siz"lagan Ota. Qoʻlin choʻzib boʻzlagan Ota Xudo sevgi, Xudo mehribon. Sizni sevib, berdi Oʻgʻlini Sevdi sodda dilni, toʻgʻrini Sevdi hatto qotil, oʻgʻrini Xudo sevgi, Xudo mehribon. Adashtirmang hayot bulogʻin Tatib koʻring ishqning qaynogʻin. Sizga qurdi jannatning bogʻin Xudo sevgi, Xudo mehribon. Najotkorni yubordi Oʻzi Bunga guvoh Kalomi - Soʻzi. Mushtoq kutar bizlarda koʻzi Xudo Sevgi, Xudo mehribon. Hamdlar ayting qoshida har kun Unga qayting, shod boʻlib gulgun. Ishonganda IMONdir butun: "Xudo Sevgi, Xudo mehribon".Барои атоҳои беҳадди Ту На далеком холме старый крест виден мне Miséricorde insondable Il y a un seul corps ạlmʿṣrẗ Søk først Guds rike ạ̉kẖsẖy̱ ạ̉n ạ̉msẖy wḥdy Bi på Herren, vær ved godt mot. ᠰᠡᠷᠬᠦᠯᠳᠡ ᠢᠢᠨ ᠡᠷᠡᠨ Isa bizdi súıedi
Song not available - connect to internet to try again?