Erta ochsang gar koʻzing Ayta olsang bir soʻzing Hali tuzatmay oʻzing Xudoga shukur aytgin! Shoshma! Qolmas yumushing Oʻtmay qolmas turmushing Yursa, yurmasa ishing Xudoga shukur aytgin! Eʼtirof et Xudoni Qil har ishda duoni Qoʻyib yolgʻon dunyoni Xudoga shukur aytgin! Olma inson "betidan" Quvma pulning ketidan Shod boʻl suyak-etidan Xudoga shukur aytgin! Seni suysa, suymasa Sendan mehr tuymasa. Tutsa "zahar" bir kosa Xudoga shukur aytgin! Puling koʻp sen boymisan Osmondagi oymisan Yo qurigan soymisan Xudoga shukur aytgin! Umr oʻtkinchi bir xas Senga hech vafo qilmas Yaxshilik qil, gar bilmas Xudoga shukur aytgin! Ogʻir botmasin soʻzim Masihda ikki koʻzim Shohmi, gado boʻlma kim Xudoga shukur aytgin! Ravshan yozib charchama Singan dillarni yama Qilmayin asla taʼna Xudoga shukur aytgin!ٴتاڭىر جولىما جارىق شاشىپ Мой любимый верный Друг не дороже все заслуг ṭrqt ʿly̱ bạby Տեր Իմ Կյանքի Օրերը S Tebou chcem ísť Ʋba Chihowa ma! Эрхэм Та эрхэм تنده علي وأسكتك qạlly mạsk ạ̹ydk Ийса Масих арқалы
Song not available - connect to internet to try again?