Xudovand choʻpon, choʻponim mening, Men muhtojlik koʻrmasman aslo. U meni yam-yashil yaylovlarda yotqizar, Orombaxsh suvlar boʻylab yetaklab borar. Jonimga U tetiklik kiritar, Oʻz nomi uchun meni toʻgʻri yoʻlga boshlar. Oʻlim zulmati vodiysida men yursam ham, Dahshatlardan men qoʻrqmayman. Chunki Sen menga harohdirsan. Oʻz hassangu xiviching menga tasalli berar, Yovning koʻz oʻngida menga dasturxon tuzagansan. Xushboʻy moy ila moylagansan boshimni, Lim-lim toʻldirgansan kosamni. Umrim boʻyi xayru inoyat izimdan yurar, Bor kunlarim Xudovandning uyida oʻtar.إلهي قريبًا Všetci, ktorý v živom Bohu Украшение жизни это Ты kyf trnm - ạljzʾ ạltẖạny mṣdq Вот Бог Булут үстүндө келет менин Теңирим كۉنۅۅكۅر ار ادامدىن بۉت كۉنۅۅسۉن Isus pacatul mi-a iertat Сен мениң гүйҗүм әхли затда
Song not available - connect to internet to try again?