Goʻzal tabiatni Yaratgan ul Zot Borliqni sevgila Ayladi bunyod. Kapalaklar Undan Nafis bir ijod Ijodkor, Najotkor Xudovandim bor! Har olgan nafasim Muallifi U Sevgisi qamragan Shodlikmi, qaygʻu. Insonga tutqazgan Ilk bora cholgʻu Ijodkor, Madadkor Xudovandim bor! Boshidan U Sevgi Unda yoʻq zulmat, Unda yoʻq zarracha Yo boʻhton, tuhmat. Faqat tinchlik boru, Tugal marhamat Ijodkor, Najotkor Xudovandim bor! Biladi bandasin Har bir fikrini, Yurakda yashirgan Pinhon "kiri"ni. Biladi shukur-la // Aytgan zikrini Najotkor, madadkor Xudovandim bor! // Yagona Oʻgʻlini Qurbon qildi U, Jannatga kirmoqqa Imkon qildi U. Odamlarni sevib Makon qildi U Ijodkor, Najotkor Xudovandim bor! Bugun chorlamoqda Har birimizni, Shodlikka toʻlsin deb Gul yuzimizni Oilamiz, oʻgʻlimiz // Oy qizimizni... Najotkor, Madadkor Xudovandim bor! //Hay para mí sólo un bien en la tierra Doce Presença Varlığını Özledim من لى سواك يحميني ھەر زامان مېھرىبان Ата Alle burde kjenne til Տիրոջ Ներկայության Մեջ lạ̉nh tmrmr qlby Glory to the King
Song not available - connect to internet to try again?