Molim oshib toshsa ham Yoʻqchilikdan bossa gʻam Yigit boshim boʻlsa ham Yaratganga muhtojman. Kulsam kulgimdir yolgʻon Yurak yigʻlar, yigʻlar jon. // Gʻam cheksa suygan janon Yaratganga muhtojman. // // Farzand koʻzni qarogʻi Kuydirmasin hech dogʻi. // // Yoshim ulgʻaygan chogʻi Yaratganga muhtojman. // Shayton izgʻisa har kun Har qadamda men tutqun. // Kuch soʻrab Rabbim bugun Yaratganga muhtojman. // Rabbim kuchim - quvvatim Topgan baxtim - davlatim. Rabbimga bitdim xatim: "Yaratganga muhtojman" Toʻldirar Ruh qudrati Xudodan javob xati. Iso Xudo surati Yaratganga muhtojman. Bugun bir Bani Odam Qaddi egik, chekar gʻam. Demoqda butun olam: "Yaratganga muhtojman"ربي خلقني أنا على صورته أحلى ما في حياتي Qos qanatyndaı qustardyń Ó hriešnici prešťastliví Dupa doua mii de ani LILIES Севинч Гюню! Йюреимден Az Úr Szellem Oʻgʻil qizim bardam boʻl БАҒБАН
Song not available - connect to internet to try again?