Yigʻilsa ming podshoh bitta Xudo boʻlolmas, Boshi, soʻnggi avvali, ibtido boʻlolmas. Ming xayqiriq Xaqdan kelgan sado boʻlolmas, Sevgan Oʻgʻlim shudir degan nido boʻlolmas. // Sevmaganni sevib jonni fido boʻlolmas. // Yoshlik oʻtsa qad bukchayib pirlik ham yetar, Asov qoʻldan beldan kuchu mador ham ketar. Davlating bor, lekin davru davron ham oʻtar, Qiyomat kun yodga tushsa jon tan titrar. // Xaqdin aytsam hech soʻzlarim ado boʻlolmas. // Paygʻambarlar oʻtdi yulduz kabi charaqlab, Topmadilar Xudo sirin kitob varaqlab. Oxirzamon Rabbim keldi kundek yaraqlab, Kambagʻalu gunohkorni holin soʻroqlab. // Xaq soʻzida barxaq Unda xato boʻlolmas. // Tan olingiz Rabbingizni ul Iso Masih, Baland qildi qadringizni ul Iso Masih. Xochda tortdi jabringizni ul Iso Masih, Oldi sizning dardingizni ul Iso Masih. // Agʻyor uchun hech kim jondan judo boʻlolmas. // Bu soʻzlarni tinglab oʻyga tolgan baxtlidir, Uning ismin yuragiga solgan baxtlidir. Mangu shohlik panohida qolgan baxtlidir. Iso uchun jon berolgan, oʻlgan baxtlidir. // Chunki Undan oʻzga hech zot Xudo boʻlolmas. //On Herra suuri 볼찌어다 내가 문밖에 서서 Взглянь на крест Христа Иисуса где Он кровь Свою пролил Ku Tashi Mu Falka Mu Bar Barci qd jdt Svou sílu dej nám Упаду на коліна двері міцно закрию dạymạaⁿ bsạ̉l nfsy ВИЖДАМ ИСУС O! MATOKIA AN'I JEHOVAH
Yigʻilsa ming podshoh bitta Xudo boʻlolmas
Add to Set Exit Set Exit SetSong not available - connect to internet to try again?