Yigʻilsa ming podshoh bitta Xudo boʻlolmas, Boshi, soʻnggi avvali, ibtido ham boʻlolmas. Ming xayqiriq Xaqdan kelgan sado boʻlolmas, Sevgan Oʻgʻlim shudir degan nido boʻlolmas. // Sevmaganni sevib jonni fido boʻlolmas. // // Tan olingiz Rabbingizni ul Iso Masih, Baland qildi qadringizni ul Iso Masih. // Xochda tortdi jabringizni ul Iso Masih, Oldi yurak dardingizni ul Iso Masih. // Agʻyor uchun hech kim jondan judo boʻlolmas. // Paygʻambarlar oʻtdi yulduz kabi charaqlab, Topmadilar Xudo sirin kitob varaqlab. Ogʻir chogʻda Rabbim keldi kundek yaraqlab, Kambagʻalu gunohkorni xorni soʻroqlab. Xaq soʻzida barxaq Unda xato boʻlolmas. Bu soʻzlarni tinglab oʻyga tolgan baxtlidir, Uning ismin yuragiga solgan baxtlidir. Mangu shohlik panohida qolgan baxtlidir. Iso uchun jon berolgan, oʻlgan baxtlidir. // Xaqdin aytsam hech soʻzlarim ado boʻlolmas. // // Agʻyor uchun hech kim jondan judo boʻlolmas. //Vždy bol som sám Вот и в вашей жизни ار بئر قىيمىلىم سەنى مەنەن Выше свет твой подними Джанъм Раб'би Йюджелтир byk mnṣwr Ближе knạ nzyn rạjʿ lk yạrby Guarda a Gesù
Song not available - connect to internet to try again?