Kechalar uygʻonib uyqum yoʻqotib, Tiz choʻkdim Xudoga ibodatda men. Sen meni yuragimni nurga toʻldirgin, // Oʻchib qolmasin Rabbim yongan chirogʻim. // Yuragimni Masih toʻldirgin ruhga, Qorongʻu dunyoda nuring boʻlay men. Oʻchib qolmasin Rabbim yongan chirogʻim. // Seni Rabbim yurakda birinchi qoʻyay men. // Qiziqtirmasin meni hayot ogʻushi, Oʻziga jalb etmasin shirin damlari. Meni aldab chalgʻitmasin oʻtkinch lazzati, // Oʻchib qolmasin Rabbim yongan chirogʻim. // Muqaddas Ruhga toʻldir Seniki boʻlay, Yashab qolgan umrimni Senga baxsh qilay. Adashtirib qoʻymasin dushman hiylasi, // Toshga tushgan don boʻlib men qurib qolmay. //Il mio canto O Panie usłysz słowa me Алели облака в лучах рассвета Covenant Song Kráľu nebies! Kto vysloví mena Tvojho moc Могу ль забыть что Ты придешь Otče Ťa chválim Эзэн энэ газар يا أبـو المجد النوراني - Live ЗЕМЯТА ПОКРИЙ
Song not available - connect to internet to try again?