Yor-yorlarning avval boshi, Rabbim Iso yor-yor Rabbim Iso, Har misrasi yuragimdayo, Kalomimo yor-yoro Kalomimo. Kalomlaring Parvardigor boʻlgay bajo yor-yoro boʻlgay bajo, Gunohga qul boʻlganlargayo bergay najot yor-yoro bergay najot. Qoʻlda amru-farmon bilan Iso keldi yor-yoro Iso keldi, Elu yurtga najot olibo Iso keldi yor-yoro Iso keldi. Rabbim qayta kelar beshak bu qanday soz yor-yoro bu qanday soz, Uning kelar yoʻllarigayo dil poyandoz yor-yoro dil poyandoz. Xudo Soʻzi davlat ekan, mehrim tushdi yor-yoro mehrim tushdi, Imonli bir yigitgayo singlim tushdi yor-yoro singlim tushdi. Singlim uchun bir umrlik baxt tilayman yor-yoro baxt tilayman, Oltin emas, imondan taxt tilayman yor-yoro taxt tilayman. Jon singlim, jonim singlimo omonda boʻl yor-yoro omonda boʻl, Parvardigor qizisano imonda boʻl yor-yoro imonda boʻl. Daryolarni yoqalab, yoqalab sor keladi yor-yoro sor keladi, Imonini sep qilibo yor keladi yor-yoro yor keladi. Bizdagina bozor yoʻqdir tashlab keldik yor-yoro tashlab keldik, Imonli bir barnoniyo boshlab keldik yor-yoro boshlab keldik. Dilbandimiz aql hushda salomatdur yor-yoro salomatdur, Avval Xudo, keyin sizga omonatdur yor-yoro omonatdur. Koinot Hukmdori, har bir suyganning yori, Kelin salom beradi, ibo bilan egiladi. // Qabul aylang avval Xudo sajdam sizga yor-yor. // Insonlarning gultoji, boshida imon toji, Kelin salom beradi, ibo bilan egiladi. // Qabul aylang Rabbim Iso sajdam sizga yor-yor. // Boʻlmaganni boʻldirgan, yuraklarni toʻldirgan, Kelin salom beradi, ibo bilan egiladi. // Qabul aylang Muqaddas Ruh sajdam sizga yor-yor. // Qoʻlda Muqaddas Kalom, undan durlarni tergan, Choʻpon qilib bizlarga Parvardigorim bergan. Kelin salom beradi, ibo bilan egiladi. // Qabul aylang choʻponlarimiz sizga salom yor-yor. // Yaxshilikning yoʻlida, yaxshi niyat dilida, Kelin salom beradi, ibo bilan egiladi. // Qabul aylang qaynotasi sizga salom yor-yor. // Osmondagi hur misol, oʻgitlari dur misol, Kelin salom beradi, ibo bilan egiladi. // Qabul aylang qaynonasi sizga salom yor-yor. // Mahallada u oyim, duo qiladi muloyim, Kelin salom beradi, ibo bilan egiladi. // Qabul aylang momolari sizglarga salom yor-yor. // Mehmon kelsa xoʻsh degan, mehmonxonalar boʻsh degan, Kelin salom beradi, ibo bilan egiladi. // Qabul aylang amaki, togʻalari sizlarga salom yor-yor. // Uyimizning tiragi, hammadan ham keragi, Kelin salom beradi, ibo bilan egiladi. // Qabul aylang ovsinlari sizlarga salom yor-yor. // Jamoatning sardori, kelinoyim xaridori, Kelin salom beradi, ibo bilan egiladi. // Qabul aylang kuyov toʻramiz sizga salom yor-yor. // Past devordan qaragan, xizmat bormi deb soʻragan, Kelin salom beradi, ibo bilan egiladi. // Qabul aylang qoʻshnijonlari sizlarga salom yor-yor. // Boʻynimdagi marjonim toʻkildi, ado boʻldi, Ruxsat bering jon qudalar salomim ado boʻldi. Kelin salom beradi, ibo bilan egiladi. Qabul aylang aziz mehmonlar barchaga salom yor-yor. Barchaga salom yor-yor.Жаным Сага умтулат, พระเยซูที่ข้ารัก 믿음의 형제들이여 ạ̹lqạʾ 11 Cantad, cantad, tenemos luz День во дворах Твоих تعالوا تعالوا يا تعابى Би магтаалыг өргөе Не плоть и кровь открыли мне Христа Abre mis ojos y miraré
Song not available - connect to internet to try again?