1 Fosiqlarga havas qilma, ular bilan birga boʻlishga intilma. 2 Chunki ular zoʻravonlikni niyat qiladi, tillari yomonlikni gapiradi. Yigirmanchi nasihat 3 Uy donolik bilan quriladi, idrok bilan mustahkam boʻladi. 4 Xonalar esa bilim bilan turli qimmatbaho, qimmatli boylikka toʻladi. Yigirma birinchi nasihat 5 Dono sipohlar kuchli sipohlardan, ilm-maʼrifatlilar esa kuchi borlardan qudratliroqdir. 6 Yaxshi odam yoʻl-yoʻriq bilan urushga boradi, maslahatchilar koʻpligi tufayli gʻalaba qiladi. Yigirma ikkinchi nasihat 7 Ahmoq donolikka yetishmaydi, hukmda ogʻzini ocha olmaydi. Yigirma uchinchi nasihat 8 Yomon niyat qiluvchining nomi shakkokdir. 9 Ahmoqlik bilan tuzilgan reja gunohdir, mazaxchidan odamlar jirkanadi. Yigirma toʻrtinchi nasihat 10 Tashvishli kunda ojiz boʻlganning kuchi kamdir. Yigirma beshinchi nasihat 11 Oʻlimga mahkum boʻlganlarni, dorga olib ketilayotganlarni qutqar. 12 "Bilmayman", - desang ham, yurakni sinaydigan Xudo koʻrmaydimi, jonni asraydigan buni bilmaydimi? Hammaga ularning ishiga yarasha qaytarmaydimi? Yigirma oltinchi nasihat 13 Oʻgʻlim, asal yeb koʻrgin, u yaxshi, asalari mumi ogʻzingga shirindir. 14 Donolik joningga asaldaydir, unga erishsang kelajagingni topasan, umiding roʻyobga chiqadi. Yigirma yettinchi nasihat 15 Ey fosiq, solihning uyiga pistirma qurma, uy-joyiga tegma. 16 Solih yetti marta yiqilsa ham turib ketaveradi, fosiq esa halokatga uchraydi. Yigirma sakkizinchi nasihat 17 Dushmaning yiqilganda sevinma, qoqilgani uchun yuraging quvonmasin. 18 Boʻlmasa Egamiz buni koʻrib yoqtirmay, gʻazabini undan oʻgiradi. Yigirma toʻqqizinchi nasihat 19 Fosiqlardan jahling chiqmasin, yomonlarga havas qilma. 20 Chunki yomonlarning kelajagi yoʻq, fosiqlarning chirogʻi oʻchib qoladi. Oʻttizinchi nasihat 21 Ey oʻgʻlim, Egamizdan ham, shohdan ham qoʻrq, ularga qarshi bosh koʻtarma. 22 Chunki ulardan kulfat kutilmaganda keladi, ikkovidan keladigan halokatni kim biladi?! Dono oʻgitlar 23 Quyidagi soʻzlar ham donolardan. Hukmda tarafkashlik qilish yaxshi emas. 24 Fosiqqa "solihsan" deganni el laʼnatlaydi, xalqlar undan nafratlanadi. 25 Unga tanbeh berganlardan xursand boʻladi, ular qut-baraka topadilar. 26 Toʻgʻri javob beradiganlarni hamma sevadi. 27 Tashqaridagi yumushingni bajar, daladagi barcha ishlaringni tartibga sol, keyin uyingni qurgin. 28 Sababsiz oʻzgaga qarshi guvohlik berma, tiling bilan aldama. 29 "Menga nima qilgan boʻlsa, men ham shunday qilaman, qilmishiga yarasha qaytaraman", dema. 30 Men dangasaning dalasidan, nodonning uzumzori yonidan oʻtdim. 31 Ana, hamma yoq tikanzor, hamma yerda qichitqi oʻt, tosh devor ham qulab, yer bilan bitta boʻlib yotibdi. 32 Qarab, oʻylab koʻrdim, uni koʻrib saboq oldim. 33 "Bir oz uxlay, bir mizgʻib olay, yonboshlab birpas dam olay", - deydi. 34 Shuning uchun qashshoqlik yoʻltoʻsarday, muhtojlik esa qaroqchiday ustiga keladi.传道 hlm nrnm nrnm llrb sẖạʿr byạ wdmwʿ ʿynyạ Nie szczycę się Он восхвален Царь восхвален в высоте İsa'nın İsmi Yücelsin Душо в скърби окръжена Seniń ǵana Esimiń madaqtalsyn عيونا يا رب Устал ты по жизни шагать
Song not available - connect to internet to try again?