Yuragingda nima bor Sevgimi yo gʻazabmi? Qalbingda ne, bir qara Shodlikmi yo azobmi! Xudo sevgi. Mehribon Xudo azob bermaydi. Bilimi yoʻq maqtanmas "Men" deb koʻkrak kermaydi. Kamtar yurak, sodda dil U Xudoga muhtojdir U hech narsa qilolmas Bechora, beilojdir. Yuragingda nima bor Tekshirib koʻr, gohida Agar sevgi boʻlsa, sen Xudoning panohida. Agar topsang xavotir Topsang zarracha qoʻrquv. Shaytonni qoʻlidasan Tushirar doimo chuv. Nahot endi bilmasang Sen Xudoning farzandi Kimniki ayt, Otaning Qoʻlidagi bol, qandi? Ayub aytdi: "Men nedan Qoʻrqsam keldi boshimga"... Koʻp narsa bogʻliq doʻstim Yurakdagi "tosh"imga. Yuragingda nima bor? Sevgi boʻlsin Otadan. Qoʻrquv ruhi ostida Qul boʻlmaylik qaytadan.What Do I Know of Holy wǒ zhǔ yé sū wǒ shēn shēn ài nǐ Passione per il cielo Третья заповедь Twinkle, Twinkle Little Star/A-B-C-D يا إلهي القدير АЈ ҺӘР БИР ХЕЈИР-ДУАНЫН МӘНБӘЈИ ОЛАН РӘББ Árbir kún men ár saǵat Qudaı Ózi qorǵaıdy Бо я люблю Тебе Abba, My Father
Song not available - connect to internet to try again?