Yuragingda nima bor Sevgimi yo gʻazabmi? Qalbingda ne, bir qara Shodlikmi yo azobmi! Xudo sevgi. Mehribon Xudo azob bermaydi. Bilimi yoʻq maqtanmas "Men" deb koʻkrak kermaydi. Kamtar yurak, sodda dil U Xudoga muhtojdir U hech narsa qilolmas Bechora, beilojdir. Yuragingda nima bor Tekshirib koʻr, gohida Agar sevgi boʻlsa, sen Xudoning panohida. Agar topsang xavotir Topsang zarracha qoʻrquv. Shaytonni qoʻlidasan Tushirar doimo chuv. Nahot endi bilmasang Sen Xudoning farzandi Kimniki ayt, Otaning Qoʻlidagi bol, qandi? Ayub aytdi: "Men nedan Qoʻrqsam keldi boshimga"... Koʻp narsa bogʻliq doʻstim Yurakdagi "tosh"imga. Yuragingda nima bor? Sevgi boʻlsin Otadan. Qoʻrquv ruhi ostida Qul boʻlmaylik qaytadan.Аз ще пея за Исуса yé hé huá zài quán de zuò wáng فتح الإنجيل عيني YIELD NOT TO TEMPTATION Salvo navego en la nave Göydə Günəş parladı, hər yana şəfəq saçdı ЗА ТЕБ GLORIFY YOUR NAME Енмыс ӧтвывтӧ быд кыла войтырӧс Mu Zo da Murna Dayawa
Song not available - connect to internet to try again?