1 Oʻgʻlim, donoligimga eʼtibor ber, aql-idrokimga quloq sol, 2 toki fahm-farosating yoʻqolmasin, biliming saqlansin. 3 Buzuq ayolning tilidan bol tomadi, soʻzlari - malhamday yumshoq, 4 ammo oqibati zaharday achchiq, xanjarday oʻtkirdir. 5 Oyoqlari oʻlim tomon yuradi, qadamlari oʻliklar diyoriga yetaklaydi. 6 U hayotga olib boradigan yoʻlga eʼtibor bermaydi, yoʻllari beqaror, oʻzi buni bilmaydi. 7 Oʻgʻlim, menga quloq sol, soʻzlarimdan chiqma. 8 U ayoldan uzoqroq yur, uning eshigiga yaqinlashma. 9 Boʻlmasa, oʻz obroʻyingni begonalarga, hayotingni yovuzlarga bergan boʻlasan. 10 Boyligingdan begonalar bahramand boʻladi, mehnat bilan topgan mol-mulking oʻzgalarning uyida boʻladi. 11 Umring oxirida, vujudingu tanangdan asar qolmagach, faryod qilasan. 12 Oʻshanda shunday deysan: "Men intizom va tanqiddan qanchalik nafratlanar edim-a, 13 na ustozlarimga, na nasihat berganlarga quloq solibman. 14 Ana oqibat, jamoa orasida halokat qirgʻogʻiga kelib qoldim." 15 Oʻz sardobangdagi, oʻz qudugʻingdagi suvni ichaver. 16 Buloqlaring tashqarida, irmoqlaring koʻchada oqsinmi?! 17 Uni begonalar bilan baham koʻrma, faqat oʻzingniki boʻlsin. 18 Bulogʻing suvlari muborak boʻlsin, koʻz ochib koʻrganing bilan quvongin. 19 Jozibali ohu va goʻzal kiyik! Uning ogʻushi seni qoniqtirsin, doim uning sevgisi bilan qanoatlangin. 20 Nega endi, oʻgʻlim, begona xotinni koʻngling qoʻmsaydi? Nimaga begona ayolning ogʻushini quchasan? 21 Insonning xatti-harakatlari Egamizning koʻzi oldidadir. Egamiz odamning barcha ishlarini kuzatib turadi. 22 Fosiqning ishlari uning oʻzini ushlaydi, gunohlari uni zanjirband qiladi. 23 U ahmoqligi tufayli yoʻldan ozadi, tarbiyasizligi dastidan oʻladi.Dogara Da Sunan Yesu Birodarim eslagin sevgi soʻzini Hospodine, náš milý Otče Ya Yesu Ubangijina Ba Kome Cikin Hannuna ฉันมีพระเยซูฉันจะไม่หวั่นไหว Kto je pre mňa Ježiš Қандай ажойиб Худонинг уйида نور المذود - لا تهتموا للغد แสนยินดี Své svaté, Pane, žehnej roli
Song not available - connect to internet to try again?