Odamlar zulmatni Nechun sevishar, Gʻam alam chekishib Gʻurbatda yashar. Kundan kun gunohlar Ummoni toshar Dunyoga Nur keldi Iso Masih U! Yoritar qalbingiz Tubigacha U, Fosh qilar yashirin Aybigacha U Najot berib Sizga Abadiiy-mangu Dunyoga Nur keldi Iso Masih U! Dunyoda solih yoʻq Aytadi Kalom, Kim boʻlma farqi yoʻq Gunohkor, aʼvom. Gunohkorni oqlash Debon mudaom Dunyoga Nur keldi Iso Masih U! Xar bir qalbni chertar: "Ochsang kiraman, Ishonsang bir umr Sen-la yuraman, Imon keltir-debon- Rabbing boʻlaman!" Dunyoga Nur keldi Iso Masih U!. Bugun Haqiqatga Tutinglar quloq, Qalbingiz Nur bilan Boʻladi oppoq. Ruhda siz boʻlasiz Solih, chaqoloq! Dunyoga Nur keldi Iso Masih U! Man-man boʻlmang aslo Kamtar qalb boʻling Inoyat taxtiga Bosh eging, toʻling Xudoga uzatgin "Najot"- deb qoʻling Dunyoga Nur keldi Iso Masih U! Sano ayt yuragim Sano yashnatar, Rabbim kelib bir kun Koʻz yoshim artar. Masihda yuragim Faxrla aytar: " Dunyoga Nur keldi Iso Masih U! "Изге изге изге Аллам минем أما أنا أنا وبيتي Baxt faqat osmonda Konaj svoje dielo Бүтээгч Эзэн (Ямар баян хангай нутаг вэ) Сиз Мəним дил ачан көрпə баламсыз Give Me Jesus العالم يبني ويزرع - ساتر Господи 奇妙的创造
Song not available - connect to internet to try again?