1 Oʻgʻlim, soʻzlarimni unutma, amrlarimni yuragingda saqla. 2 Ular umringga umr qoʻshadi, hayoting tinch boʻladi. 3 Sevgi va sadoqatni aslo tark etma. Boʻyningga marjon qilib taqib ol, yuraging qaʼriga yozib qoʻy. 4 Shunda Xudoning ham, odamlarning ham mehrini qozonasan, ulardan izzat-hurmat topasan. 5 Oʻz aql-idrokingga suyanma, butun qalbing bilan Egamizga ishon. 6 Har ishingda Egamizni eʼtirof et, shunda U yoʻllaringni toʻgʻrilaydi. 7 Oʻzingni dono hisoblama. Egamizdan qoʻrq. Yomonlikdan yuz oʻgirgin. 8 Shunday qilsang jisming sogʻ, joning ham omon boʻladi. 9 Oʻz boyliging, birinchi hosiling bilan Egamizni ulugʻla. 10 Shunda omboring toʻlib-toshadi, yangi sharobing yetib ortadi. 11 Oʻgʻlim, Egamizning tarbiyasini rad qilmagin, Uning tanbehidan ruhing tushmasin. 12 Ota yaxshi koʻrgan farzandini jazolagandek, Egamiz ham yaxshi koʻrgan bandasini jazolaydi. 13 Donolikka erishgan, aql-idrok topgan qanday baxtlidir! 14 Chunki uning bahosi kumushdan, foydasi oltindan ham afzalroqdir. 15 U javohirlardan ham azizdir, sen tilagan biror narsa Unga teng kelmaydi. 16 Uning oʻng qoʻlida uzoq umr, chap qoʻlida esa boylik va shon-shuhrat bor. 17 Yoʻli - shodlik yoʻli, barcha soʻqmoqlari tinchdir. 18 Donolikni quchganlar uchun u hayot daraxti kabidir, uni mahkam tutganlar baxtlidir. 19 Egamiz donolik bilan yerni yaratdi, aql-idroki bilan osmonni oʻz oʻrniga joylashtirdi. 20 Uning aqli bilan chuqurliklar boʻlingan, bulutlardan shudring tushgan. 21 Oʻgʻlim, donolik va fahm-farosatni mahkam ushla, nazaringdan qochirmagin. 22 Oʻshanda ular joningga hayot baxsh etadi, boʻyningga bezakday boʻladi. 23 Yoʻlingda eson-omon yurasan, oyogʻing qoqilmaydi. 24 Bexavotir yotasan, uyqung shirin boʻladi. 25 Bexosdan keladigan ofatdan qoʻrqma. Yovuz odam hujum qilganda ham qoʻrqma. 26 Chunki Egamiz yoningda boʻladi, seni qoqilishdan asraydi. 27 Yaxshilik qilish qoʻlingdan kelsa, muhtojlardan yordamingni ayama. 28 Oʻzingda bor boʻlsa, qoʻshningga "kechroq kel", "ertaga beraman", deb aytma. 29 Senga ishonib, yoningda tinchgina yashayotgan qoʻshningga qarshi yomon niyat qilma. 30 Senga yomonlik qilmagan odam bilan sababsiz urishma. 31 Zoʻravonga hasad qilma, u qiladigan ishlarni qilma. 32 Chunki Egamizga yovuzlar jirkanchdir, U toʻgʻri odamga hamroh boʻladi. 33 Fosiqning uyi Egamizning laʼnatiga, solihning uyi esa qut-barakaga toʻladi. 34 U mazax qiluvchilarni mazax qiladi, kamtarlarga esa inoyat koʻrsatadi. 35 Donolar shon-shuhratga erishadilar, nodonlar esa sharmandalikka duchor boʻladilar.Quién rompe el poder del pecado Parole semplici Рахмет Саған, Құдай! Reste avec nous Wnet nadejdzie dzień Ты часто сетуешь أنا بنكر كل بعل Svätý, svätý, svätý je náš Boh všemocný Любовь не промолчит لما أكون تعبان
Song not available - connect to internet to try again?