Osmonlardan izlamang Osmonlarga boʻzlamang Uzoqlarni koʻzlamang Masih yuragimizda. Muqaddas Ruhi bilan Hayot shukuhi bilan Qalbda Masih yasharkan Masih yuragimizda. Kalomi qoʻlimizda Hamrohdir yoʻlimizda Birodar menda, Sizda Masih yuragimizda. Koʻtarildi osmonga Otadan oʻng tomonga Shafoat qilib jonga Masih yuragimizda Qurbon qildi jonini Toʻkib qutlugʻ Qonini Yubordi Kalomini Masih yuragimizda. Gunohkorni sevdi U Tavba qiling derdi U Xudoni seving mangu Masih yuragimizda Dunyo oʻtib ketadi Yeru osmon bitadi Masih sizni kutadi Masih yuragimizda Xudo rejasin ochdi Nurin qalblarga sochdi Zulmat yurakdan qochdi Masih yuragimizda. Ulashamiz barchaga Mayus boqmang darchaga Najot berdi qanchaga Masih yuragimizda.ateş gibi zoluklar gördüm Dej nám prohlédnout خۇدادىن ياردەم تىلىگىن Сломлен милостью Fammi luce Venid, alzan manos limpias نفسي تفرح دومًا Svieť Ježiš Çocuğum A Nuestro Padre Dios
Song not available - connect to internet to try again?