Azob yoʻli uzoq, yuzidan qon oqar, Bir olam qaygʻusi nigohida. Ulugʻ Iso Men uchun jonini bergan. Barcha gunohni boʻyniga olgan. Yeru koʻk oʻrtasida turgan xochini Hech qachon unutmayman, yo Rabbim. Oʻz oʻlimi bilan yarashtirdi bizni, Muqaddas qonida pokladi. Hoy inson, eshitgin qoʻshigʻim sadosin, Sustlik qilma, doʻstim, kechikma. Qanday toʻlov bilan bu sovgʻani olding? Toʻkilgan qoniga ne berding? Yerukoʻk oʻrtasida turgan xochini Hech qachon unutmayman, yo Rabbim. Oʻz oʻlimi bilan yarashtirdi bizni, Muqaddas qonida pokladi. Bizga boʻlgan muhabbat sirin, yo Rabbim, Anglash uchun idrok ber Menga. Hayot toʻfonlari qiynasa jonimni, Xotirjamlik bergin Sen menga. Bu dunyo inʼomin, yorugʻ kun quvonchin Xudovand Sen uchun yaratgan. Daʼvat etar seni, eshit, doʻstim, soʻzni. Baxtni faqat Unda topasan.دَنگِه خۇدان Sevin Meryem Sevin Allahım, güzelsin ḥzyn mjrwḥ Yücelteceğim İsmini Tu es le Créateur Her Tiştê Xwe Ez Didim Puji Yesus О Отец и Сын لماذا تاج الشوك
Song not available - connect to internet to try again?