1 Shohning yuragi Egamizning qoʻlida, uni irmoqday xohlagan tomonga buradi. 2 Odamning qilmishlari oʻzining nazarida toʻgʻri, ammo Egamiz yuraklarni sinaydi. 3 Adolatu haqiqatga amal qilish Egamizga qurbonlikdan afzalroqdir. 4 Takabbur koʻzlar va magʻrur yurak chiroq kabi fosiqning gunohini koʻrsatadi. 5 Mehnatkashning rejasi faqat moʻl-koʻlchilik keltiradi, shoshqaloq kambagʻallikka duchor boʻladi. 6 Yolgʻon bilan boylik topadiganlar chiqib ketadigan bugʻ kabidir, ular oʻz oʻlimini izlaydi. 7 Yovuzning zoʻravonligi oʻz boshiga yetadi, chunki u adolat bilan ish qilishni rad etadi. 8 Gunohkorning yoʻli - egri, sofdilning ishi - toʻgʻri. 9 Urishqoq xotin bilan keng uyda yashagandan koʻra, loy tomning bir chetida yashagan yaxshiroq. 10 Yovuzning koʻngli yomonlikka tashna, qoʻshnisi undan rahm-shafqat topmaydi. 11 Mazax qiluvchi jazolansa, sodda odamlar dono boʻladi, donoga yoʻl-yoʻriq berilsa, bilimi oshadi. 12 Xudo odildir, fosiqning uyini U kuzatib turadi, fosiqni halokatga mubtalo qiladi. 13 Kambagʻalning faryodiga kim quloq solmasa, oʻzi faryod qilganda ham hech kim javob bermaydi. 14 Yashirincha berilgan sovgʻa jahlni yumshatadi, yeng ichidagi pora gʻazabdan tushiradi. 15 Adolatga amal qilish solihlarga sevinch, fosiqlarga esa qoʻrqinchdir. 16 Aql-idrok yoʻlidan chiqqanlar oʻliklar orasidadir. 17 Ziyofatni sevgan qashshoqlashadi, sharob bilan moyni yaxshi koʻrgan odam boy boʻlmaydi. 18 Solihga atalgan yovuzlik fosiqning boshiga tushadi, toʻgʻri odamning oʻrniga xoin halokatga uchraydi. 19 Urishqoq va badjahl xotin bilan yashagandan koʻra, choʻlu biyobonda yashash yaxshiroq. 20 Dononing uyida yogʻ ham, eng yaxshi narsalar ham bor, aqlsiz esa uni sarflab yuboradi. 21 Toʻgʻrilik va sadoqat payida boʻlganlar uzoq umr, solihlik va shon-shuhratga erishadi. 22 Dono eng qudratli shaharga borib, tayanch boʻlgan qalʼani ham vayron qiladi. 23 Ogʻzini va tilini qoʻriqlagan oʻz jonini tashvishlardan asraydi. 24 Takabbur va magʻrurning nomi "mazaxchi", hamma narsani manmanlik bilan qiladi. 25 Dangasaning orzusi oʻlimga olib keladi, chunki qoʻllari ishga bormaydi. 26 Dangasaning kuni badnafslik bilan oʻtadi, solih esa ayamasdan beradi. 27 Fosiqlarning qurbonligi jirkanchdir, yovuz niyat bilan keltirilgani esa undan ham battar. 28 Soxta guvoh yoʻq boʻladi, haqiqatga quloq solgan esa qoladi. 29 Fosiqning yuzi qattiq, solih esa oʻz yoʻlini biladi. 30 Egamizga qarshi donolik ham, idrok ham, reja ham yoʻq. 31 Ot jang kuni uchun tayyorlanadi, gʻalaba esa Egamizning qoʻlida.Love Will Be Our Home รอดอยู่ในหัตถ์พระเยซู Bul álemniń bastamasy Óziń bolyp Kto stvoril jagajúce hviezdy? Царствие Твоё Ийем панам мениң L'amore vince sempre 主我来到你面前 Taivaassa, ratki taivaassa Биз даңктайбыз кубанабыз
Song not available - connect to internet to try again?