Ishonganim tashlab qoʻyganda Mensiz kulib, oʻynab, toʻyganda Jim, pichoqsiz goho "soʻyganda" Rabbim Sizdan yaqin kishim yoʻq! Maqtovchini koʻpini koʻrdim Egilganni "xoʻp"ini koʻrdim Faqat Sizdan men yordam soʻrdim Rabbim Sizdan yaqin kishim yoʻq! Kecha choʻzsam yordam qoʻlimni Bugun chiqib toʻsar yoʻlimni. Tursa ravo koʻrib oʻlimni Rabbim Sizdan yaqin kishim yoʻq! Unutarlar kimligin darrov Yordam soʻrsang, soʻrarlar garov. Yaqiningmi bilmaysan birov Rabbim Sizdan yaqin kishim yoʻq! Qabogʻ uyib oʻtar yonimdan Qondoshim ham kechar qonimdan Sizni taniganim onimdan Rabbim Sizdan yaqin kishim yoʻq! Bandada deb qoʻlim siltadim Sinadim koʻp, soʻzlamayin jim. Ishonmayman chin desa sevgim Rabbim Sizdan yaqin kishim yoʻq! Ish bitguncha Ota degaylar Pul topsa gar senga oʻgaylar. Oshin panalarda yegaylar Rabbim Sizdan yaqin kishim yoʻq! Ayyorligin qilar namoyon Ayyor yurak misoli chayon. Indamayman boʻlsa ham ayon Rabbim Sizdan yaqin kishim yoʻq! Tushundimki odam zoti bir Tushundimki ichkarisi kir. Endi kimga talpinay axir? Rabbim Sizdan yaqin kishim yoʻq! Tashlab qoʻymadingiz bir dam ham Shodlikda ham, cheksam ham sitam Sizdir Yaratuvchi va Egam Rabbim Sizdan yaqin kishim yoʻqFaca-mi-se-ntotdeauna nǐ kàn dào zāi nán yuè lái yuè duō ạ̉nt jwẗ ạlqlb Piccola principessa Le saint combat يارب لا تنساني ЬОйле Бол Севгин, ЬОйле Йюджесин Jako rzeka zwiększa głębię swoich fal Если мир падет вдруг يارب أشكرك
Song not available - connect to internet to try again?