Gʻamni quvdi uzoqqa Oʻrgatdi U firoqqa Tushirmas hech tuzoqqa Rabbimizni Sevgisi! Yasha har kun his qilib Yurmaysan bagʻring tilib Gʻamni aritar kelib Rabbimizni Sevgisi! Boʻlar yuzingda kulgu Qalbingda goʻzal tuygʻu Jannatga boshlar mangu Rabbimizni Sevgisi! Muqaddas Ruhga toʻlib Yashnatar qolsang soʻlib. Kelar Inoyat boʻlib Rabbimizni Sevgisi! Seni qutqargan oʻsha Barokat bergan qoʻsha. Deydi boringni toʻsha Rabbimizni Sevgisi! Sano aytib toʻymaysan Beixtiyor oʻynaysan. Qanday rohatdir bilsang Rabbimizni Sevgisi! Gʻiybatga tiling bormas Yaxshilik qilish ormas. Seni tashvishga qormas Rabbimizni Sevgisi! Ota deysan Xudoni Taratib nur ziyoni. Qutqaradi dunyoni Rabbimizni Sevgisi!ۅزۉڭ داڭقتاپ Privegheaţi şi vă rugaţi întruna Без пятна и порока слышишь церковь Господь это слово сказал Знать Тебя هل دمك الزكي Na Jezusa krzyż spoglądaj Гел Аллах, сор бана Orice om are nevoie de iubire dāng nǐ xīn shǎng yáng guāng míng mèi de shí hòu سوف يأتي يسوع
Song not available - connect to internet to try again?