Gunohkor tanamiz Qariydi asta, Koʻngilda gumonlar Ariydi asta. Hech kimligim bildim, Boʻlmay barvasta Senga yaqinlashsam Yaratgan Egam. Tuning bir moʻjiza Moʻjiza kuning, Olamni yoritar Nuring, uchquning Faqat kechir meni Ishqda majnuning Senga yaqinlashsam Yaratgan Egam. Har bitta qadamim Senga yetaklar, Yomon boʻlib chiqdi Yolgʻon "ertak"lar Kechirgin gunohni Sevar erkaklar Senga yaqinlashsam Yaratgan Egam. Oʻzimni oqlashga Yoʻqdir bahonam, Yuragim gunohda, Gunohda tanam. Shu sabab mahzunman, Yuzlarimdir nam Senga yaqinlashsam Yaratgan Egam. Tunlari koʻzimdan Qochardi uyqu Hayotimni tushib Quygan edim chuv Shayton yuragimga Solardi qoʻrquv Senga yaqinlashsam Yaratgan Egam. Bir kuni haqiqat Ochildi birdan, Meni voqif qilding Bebaho sirdan. Xushxabaring ozod Qildi asirdan Senga yaqinlashsam Yaratgan Egam. Faqat shukur aytib Yashamoqdaman. Iso bilan qadam Tashlamoqdaman. Sevgi ekanliging Anglamoqdaman Senga yaqinlashsam Yaratgan Egam.Jezus kocha cię حلقه حلاوة حلاوة nfrḥ byk yạ msyḥnạ yạ gẖạly Egli solo è degno hl ʿrft kyf ʿạsẖ TLANH CIAMI HNA HLA He Is the Lord تعليق 2 - العائلة المقدسة ەگەر بولسام Veľký kňaz dnes k nám prichádza, Kristov posol dôstojný, dušiam Pána on privádza
Song not available - connect to internet to try again?