Oʻgʻil beaql boʻlsa, Koʻrar ota azobing, Ona bagʻri ezilar, Zahardek bir burda noni. Boshingdagi kulfatdan qoch, Yigʻib olgin oʻz aqling, Xudo aytgan yoʻldan yur, Doimo sodiq boʻlgin. Sodiq boʻlgin, sodiq boʻlgin Xudoga. Sodiq boʻlgin, sodiq boʻlgin Xudoga. Yaxshi kun ham, yomon kun ham, Suvday oqib ketadi. Dono Sulaymon behuda, Behuda deb aytadi. Qancha aql oʻrgatsang ham Tanang yerda qoladi. Xudo aytgan yoʻldan yur, Doimo sodiq boʻlgin. Sodiq boʻlgin, sodiq boʻlgin Xudoga. Sodiq boʻlgin, sodiq boʻlgin Xudoga. Maqtanma kuching bilan, Idrokingga suyanma, Butun jonu-diling bilan, Egang Nomin ulugʻla. Kun kelib koʻtarilsang, Gunohga hech aldanma, Xudo aytgan yoʻldan yur, Doimo sodiq qolgin. Sodiq qolgin, sodiq qolgin Xudoga. Sodiq qolgin, sodiq qolgin Xudoga. Darbadarlikda yurding, Otang Xudoni unutib, Soʻzlarini yoqtirmading, Xom xayolga berilib. Bilgin xochda muqaddas, Oʻgʻil qoni toʻkilgan, Otang uyiga qaytgin, Doimo sodiq boʻlgin. Sodiq boʻlgin, sodiq boʻlgin Xudoga. Sodiq boʻlgin, sodiq boʻlgin Xudoga.Божья армия идёт Ты - Утешенье моё Sözle ve dille değil, eylemle ve içtenlikle Изживея Я скажу Бог спасибо за любовь и за благодать Хамдеделим Раб Иса'я Широкий могучий поток знаю я Allons auprès de Dieu ạ̉ṭlq sẖʿby lyʿbdwny Слышал я о стране
Song not available - connect to internet to try again?