1 Toʻgʻri yuradigan kambagʻal egri tilli ahmoqdan yaxshiroq. 2 Bilimsiz istak yaxshi emas, shoshqaloqlar ham qoqiladi. 3 Nodonning nodonligi hayotini buzadi-yu, Egamizdan jahli chiqadi. 4 Boylik doʻstlar ustiga doʻst keltiradi, kambagʻal esa doʻstidan ham ayriladi. 5 Soxta guvoh jazosiz qolmaydi, yolgʻon gapiruvchi ham qochib qutulmaydi. 6 Aʼyonlarning marhamatini istaydigan koʻp, sovgʻa beruvchiga hamma doʻstdir. 7 Kambagʻaldan hamma aka-ukalari nafratlanadi, doʻstlari ham uzoqlashadi, qidirganda ularning izi ham yoʻq. 8 Donolikka erishgan oʻz jonini sevadi, farosatli kishi yaxshilik topadi. 9 Soxta guvoh jazosiz qolmaydi, yolgʻonchi halok boʻladi. 10 Hashamatli yashash ahmoqqa yarashmaganidek, xoʻjayin ustidan hokimlik qilish ham qulga toʻgʻri kelmaydi. 11 Odamning aqli jahlini tiyadi, gunohni kechirish unga shuhrat keltiradi. 12 Shohning gʻazabi sherning oʻkirishiga oʻxshaydi, muruvvati esa maysadagi shabnam kabidir. 13 Nodon farzand otasiga tashvish keltiradi, xotinning janjali betoʻxtov tomadigan chakkadaydir. 14 Uy va boylik - otadan meros, farosatli xotin esa Egamizdandir. 15 Dangasalik odamni uyquchi qiladi, yalqov odam och qoladi. 16 Amrlarga amal qilgan oʻz jonini asraydi, oʻz hayotini xor qilgan esa oʻladi. 17 Kambagʻalga rahm qilish - Egamizga qarz berishday, U yaxshilikni qaytaradi. 18 Umid bor ekan, farzandingni tarbiya qil, buzilib, nobud boʻlishiga yoʻl qoʻyma. 19 Jahldor jazosini oladi, uni bir qutqarsang yana qutqarishingga toʻgʻri keladi. 20 Nasihatga quloq sol, pand-oʻgitni qabul qil, shunda umring boʻyi oqil boʻlasan. 21 Insonning yuragida niyat koʻp, lekin faqat Egamizning aytgani amalga oshadi. 22 Insonning istagi - sadoqatli sevgi, kambagʻal odam yolgʻonchidan yaxshiroqdir. 23 Egamizdan qoʻrqish hayotga eltadi, odam huzur-halovatda yashab tashvishga uchramaydi. 24 Dangasa qoʻlini kosaga choʻzadi-yu, ogʻziga olib kelishga erinadi. 25 Mazax qiluvchining taʼzirini ber! Shunda sodda odamlarga aql kiradi. Farosatliga tanbeh ber! Shunda uning bilimi oshadi. 26 Otasiga zoʻravonlik qilib, onasini haydagan oʻgʻil uyat va sharmandalik keltiradi. 27 Ey oʻgʻlim, agar nasihatga quloq tutmasang, ilm-maʼrifatdan yuz oʻgirgan boʻlasan. 28 Makkor guvoh adolat ustidan kuladi, fosiqning ogʻzi yovuzlikni oʻziga oladi. 29 Mazax qiluvchilarga hukm, nodonlarga kaltak tayyordir.Пастырь мой будь со мной дай покой Твой святой Cand te afli-ngrijorat strigă către Domnul Ce qui m'était cher Je požehnaný Pánov deň А звезды тоже гаснут К Голгофе к Голгофе Христовых страданий قراءة Una scelta giusta Senin İşin Görkemlidir Динлен аърджа кой
Song not available - connect to internet to try again?