1 Fosiqni hech kim quvmasa ham qochaveradi, solih esa sherday botir. 2 Yurtda isyon boʻlganda boshliq koʻpayadi, ammo aql-idrokli rahnamo tufayli yurtda tinchlik barqaror boʻladi. 3 Ojizlarni ezadigan kambagʻal ovqat qoldirmaydigan seldaydir. 4 Qonunni tan olmaydiganlar fosiqlarni maqtaydi, qonunga amal qiladiganlar esa ular bilan kurashadi. 5 Fosiq adolatni tushunmaydi, Egamizga intilgan esa hamma narsani tushunadi. 6 Kambagʻal boʻlib toʻgʻri yurish boy boʻlib egri yurgandan yaxshiroq. 7 Dono farzand qonunga rioya qiladi, yaramasga ulfat boʻlgan esa otasini sharmanda qiladi. 8 Sudxoʻr va ochkoʻz odam boylik yigʻadi, ammo boyligi qashshoqqa achinadiganga nasib etadi. 9 Qonundan yuz oʻgirganning ibodati ham jirkanchlidir. 10 Toʻgʻri odamni yomon yoʻlga boshlagan odam qazigan chuquriga oʻzi tushadi, pokdil esa yaxshilik topadi. 11 Boy oʻzining nazarida dono, aqlli kambagʻal esa oʻzini tekshiradi. 12 Solih martabaga erishganda katta bayram, fosiq lavozimga kelsa odamlar yashirinadi. 13 Oʻz gunohlarini yashirgan yutuqqa erishmaydi, ularni tan olib, voz kechgan marhamat topadi. 14 Doim Xudodan qoʻrqqan baxtlidir! Bagʻri tosh odam esa baloga uchraydi. 15 Ojiz xalq ustidagi yovuz hukmdor irillayotgan sher va hujum qilayotgan ayiqdaydir. 16 Aqlsiz hukmdor nihoyatda zolim boʻladi, adolatsiz foydadan nafratlanadigan uzoq yashaydi. 17 Agar birov odam oʻldirgan boʻlsa, oʻlguncha qochib yursin, unga hech kim yordam bermasin. 18 Toʻgʻri yuradigan najot topadi, egri yoʻldan yuradigan esa yiqiladi. 19 Oʻz yeriga ishlov berganning noni moʻl boʻladi, orzu-xayollarga berilgan esa qashshoqlikka uchraydi. 20 Sodiq kishi koʻp baraka topadi, boyishga shoshilgan jazosiz qolmaydi. 21 Tarafkashlik yaxshi emas, bir toʻgʻram non deb odam vafosizlik qiladi. 22 Xasis odam boylik orqasidan quvib, boshiga qashshoqlik kelishini bilmaydi. 23 Tanqid qiladigan odam xushomadgoʻyga qaraganda koʻproq marhamat topadi. 24 Ota-onasining mulkini oʻgʻirlab, "Bu gunoh emas" degan odam buzgʻunchiga sherikdir. 25 Ochkoʻz janjal chiqaradi, Egamizga ishongan esa toʻq yashaydi. 26 Oʻzigagina ishongan ahmoqdir, aql bilan yuradigan esa najot topadi. 27 Kambagʻalga bergan odam kam boʻlmaydi, koʻrib-koʻrmaslikka olgan esa koʻp laʼnatga uchraydi. 28 Fosiqlar martabaga erishsa odamlar yashirinadi, fosiqlar halokatga yoʻliqqanda esa solihlar koʻpayadi.قۇبانىپ شاتتانعىن تەڭىردىن ىسمىندا ʿẓym yạ ạllh ربى الهى الحى fy mlʾ ạlzmạn Môj Bože, viem, že zomrieť musím pán shí pán shí yé sū jī dū Non tarderà دايما سلامك Thagau Thiengtho Chielna СЛОВОТО ТИ БОЖЕ
Song not available - connect to internet to try again?