Gʻamdan kulmaganlarga Sizni bilmaganlarga Hech intilmaganlarga Tavba bering tiliga Imon berib diliga. Kelsin huzuringizga Shukurlar aytib Sizga Gunohkor yigit-qizga Tavba bering tiliga Imon berib diliga. Yoshi ulugʻ Otalar Tavba qilsin Onalar. Yoʻq endi bahonalar Tavba bering tiliga Imon berib diliga. Qoʻrquv ruhini oling Har dilga imon soling. Rabbim biz bilan qoling Tavba bering tiliga Imon berib diliga. Xushxabar - xush xabardir Rabbim quchgan zafardir Qolmasin yurakda kir Tavba bering tiliga Imon berib diliga. Ulugʻlaning Xudoyim Iso Nomida doim. Kelmay qiyomat qoyim Tavba bering tiliga Imon berib diliga. Yozdim dilda borini Yozdim qalbim zorini. Chertsin qalblar torini Tavba bering tiligaБоже услышь нас мы к Тебе взываем Ak všetko to čo mám 주 하나님 독생자 예수 Nawpna Gam Zuon ln ạ̉kẖạf Славлю Господь Тебя Аллилуйя Del uno al otro polo Hosana, hosana zuò shí dài de jiàn zhèng Kvapka
Song not available - connect to internet to try again?