1 Yumshoq javob gʻazabni qaytaradi, qattiq soʻz esa jahl chiqaradi. 2 Donolar tilidan ilm-hikmat yogʻilsa, nodonlardan ahmoqlik chiqadi. 3 Egamizning koʻzlari hamma joyda, U yaxshiyu yomonni koʻrib turadi. 4 Shirin soʻz - hayot daraxti, buzuq til - jonning halokati. 5 Otasining nasihatini ahmoq rad etadi, tanbehga quloq solgan esa idroklidir. 6 Solihning uyida boylik koʻp, fosiqning hosili esa tashvish keltiradi. 7 Dononing tili bilim tarqatadi, ahmoqning qalbi esa unday emas. 8 Fosiqning qurbonligi Egamizga jirkanchdir, toʻgʻrining ibodati esa Uning quvonchi. 9 Fosiqning ishlari Egamizga jirkanchdir, solihlikka intilganni esa U sevadi. 10 Toʻgʻri yoʻlni tashlab ketgan qattiq jazo oladi, tanbehdan nafratlangan oʻladi. 11 Hatto Oʻlim va Halokat ham Egamiz nigohi ostida ekan, odamzodning qalbi Unga hech narsa emas. 12 Masxara qiluvchi tanbeh berganlarni yoqtirmaydi, u donolar oldiga ham bormaydi. 13 Yurak shod boʻlsa, chehra ochiq, gʻamgin boʻlsa, ruh tushkundir. 14 Zakovatli yurak ilm qidiradi, aqlsizning ogʻzi ahmoqlik izlaydi. 15 Qiynalganlarga har kun tashvish, lekin yuragida shodlik boʻlsa, doimo bayram. 16 Koʻp boylikka ega boʻlib vahima bilan yashagandan koʻra, Egamizdan qoʻrqib ozgina boylik bilan yashash yaxshiroq. 17 Goʻsht yeb nafrat bilan yashashdan, sabzavot yeb sevgi bilan yashagan afzalroq. 18 Badjahl janjal chiqaradi, jahlni tiyadigan esa tinchlantiradi. 19 Dangasaning yoʻli tikanli chetan devor kabi, toʻgʻrining soʻqmogʻi esa katta ravon yoʻldir. 20 Aqlli farzand otasini quvontiradi, aqlsiz esa onasini xor qiladi. 21 Ahmoqlik vijdonsizga quvonchdir, aqlli esa toʻgʻri yuradi. 22 Maslahat boʻlmagan joyda ish yurishmaydi, maslahatchi koʻp boʻlsa, muvaffaqiyatli boʻladi. 23 Odam yaxshi javobi tufayli quvonadi, oʻz vaqtida aytilgan soʻz qanchalik yaxshi. 24 Donoga tepadagi hayot soʻqmogʻi pastdagi oʻliklar diyoridan uzoqlashish uchundir. 25 Egamiz takabburning uyini vayron qiladi, bevaning mol-mulkini saqlaydi. 26 Fosiqning niyatlari Egamizga jirkanch, yoqimli soʻzlar esa pokdir. 27 Ochkoʻz oʻz uyiga tashvish keltiradi, poradan nafratlanadigan esa yashaydi. 28 Solih oʻylab javob beradi, fosiqning ogʻzidan esa yomonlik chiqaveradi. 29 Egamiz fosiqlardan uzoqda, lekin solihlarning ibodatini eshitadi. 30 Koʻzdagi nur koʻngilni xushnud etadi, xushxabar tan-jonga oziq beradi. 31 Hayotbaxsh nasihatga quloq solgan donolarning orasida boʻladi. 32 Nasihatni rad qilgan oʻz jonini xor qiladi, tanbehga quloq solgan esa idrokli boʻladi. 33 Egamizdan qoʻrqish donolikni oʻrgatadi, kamtarlik izzatu ikromga sazovor qiladi.أشدو لاسم الرب Худай Сен бармыкаң? Grand Dieu, ta souveraine grâce علاش أنا هنا Ыйса Теңирим Unutib Bulmaydi Io m'arrendo ognor Mum loves me mạmạ ʿrft mnk Qolymdy jaıamyn basymdy ıip
Song not available - connect to internet to try again?