Tugʻilding, ey Rabbim, Sen bir pok qizdan, Muqaddas Ruh bilan jisming tuzilgan. // Muso va Dovuddek insondan emas, Xudoning Ruhidan toʻliq tuzilgan. // Dilimga oʻchmas bir chiroqni yoqding, Chiroq deb aytishga tilim bormaydi. // Masihning Oʻziku hatto quyoshdek, Bir oq nur kabi oʻchmay porlaydi. // Tugʻilding, ey Rabbim, Sen bir pok qizdan, Muqaddas Ruh bilan jisming tuzilgan. // Muso va Dovuddek insondan emas, Xudoning Ruhidan toʻliq tuzilgan. // Dilimga Sen yoqgan oʻchmas bu chiroq, Boʻron, shamolda ham oʻchib qolmaydi. // Uning manbasidir Sening oloving, Abadul-abad yashab porlaydi. // Butunlay oʻzimni topshirdim Senga. Iso, Sen bir ulugʻ Najotkor boʻlgach, // Hamisha madhiya aytaman shunda, Qalbimda Sen uchun muhabbat toʻlgach. //Eu estou alegre Sunt mântuit prin jertfa Lui Нека престанат плач и сълзи iBůh داستان مسیح وا حبيبي وا حبيبي Батасы Теңиримдин бүт элди жалгасын بئز ىردايبىز شاتتانىپ Kıeli Adonaı, qasıetti Джесур Олун, Кардешлерим!
Song not available - connect to internet to try again?