Dunyo tashvishlari boshimga tushsa, Shayton nayranglari yoʻlimni toʻssa. Gʻam-alam, anduhlar meni yeb qoʻysa, Men faqat Rabbimdan hayot toparman, Ibodatla Undan najot toparman. // Iso hayot, Iso sevgi, Iso Masih yoʻl, Isodir haqiqat, Iso bilan boʻl. // Uni degin faqat imoningda tur. U meni kechirdi, gunohim kechdi, Men uchun azobni, jafoni chekdi. Xushxabar yuraklar qulfini yechdi, Men faqat Rabbimni debon yasharman. Ibodatla Undan najot toparman. // Imondan kechmagin, ahdingni buzma, Xudosiz yechishni, rejangni tuzma. // Kalomga quloq tut, tavbangni buzma, Sen faqat Isoda najot toparsan, Ibodatla Undan najot toparsan.К Тебе Спаситель мой взываю mwsyqy̱ 自然界美景 Йумушак янът Pozwólcie małym dzieciom Los que aman al Señor İnandım Tek Tanrı'ya الفترة الثانية عشر jlsẗ fy ḥḍrẗ yswʿy Jak Dawid
Song not available - connect to internet to try again?