// Rahm aylabon ey mehribonim nega kelmassan? // Ketdiki hali hajringda jonim nega kelmassan? Jonim nega kelmassan? // Oʻtib umrim firoqingda yoniq yotmishman oʻlmakka, // Qoshimga birdan ey Iso nishonim nega kelmassan? Nishonim nega kelmassan? Qoshimdin to ketib koʻzdin nihol oʻlding pari yangligʻ Junu dashti aro boʻldi makonim nega kelmassan? Aning ming oʻqlari koʻnglima har yondin solib rahna, Boʻlibon beqaror oromijonim nega kelmassan? Oromijonim kelmassan? Balohayli tuzib lashkar maning jonima qasd aylab, Mudom ey Husravi sohibqironim nega kelmassan? Mani ovorayi hijron oʻtigʻa tashlabon butkul, Qilib nobud nihonu ayonim nega kelmassan? Ayonim nega kelmassan? Aningla Ogahiy yigʻlar tunu kun zoru maxzundir, Surib ey ishrat ila komronim nega kelmassan? Komronim nega kelmassan? Qoshimga birdan ey Iso nishonim nega kelmassan? // Nishonim nega kelmassan? //İsa Tanrı'nın kelamı Ырайым Il sacrificio Czoło twe smutki mroczą Uram, jövök Hozzád تعال إليا تعالى يا يسوع بيتنا آتي إليك يا يسوعي Наполни меня Тобой fy wsṭ hmwm ạlḥyạẗ
Song not available - connect to internet to try again?