Gʻamni qoʻying, gʻurbatni qoʻying, Yurak toʻla xasratni qoʻying. "Xursand yuring"- deydi Xudovand Duo qiling, laʼnatni qoʻying! Gʻamni qoʻying, gʻurbatni qoʻying, Yomonlamang, nafratni qoʻying. Kemirmasin qalbni - yurakni, Shodlaning siz, kulfatni qoʻying! Yomon qalb xoʻp yomonlik yigʻar, Tuzalmaydi u chaqsa agar. Rabbing aytgan soʻzga quloq sol Yaxshi qalbdan yaxshilik chiqar. Qimni izmidasan qara, boq! Yuragingda kim hokim mutloq. Xudo boʻlsa qalbing taxtida Sevgi boʻlar senda bir qaynoq. Xursand yursang Xudo shod boʻlar, Turmushing ham xoʻp obod boʻlar. Marhamatlar cheksiz, payonsiz Gʻamu tashvish senga yot boʻlar. Ulugʻlagin, Unga sano ayt, Shaytonga qul boʻlishdan kel, qayt! Quchoq ochib Rabbing kutmoqda Unga qaytish uchun keldi payt... Qayting Sizni Rabbingiz kutar!Под горой смоковница растет Poď teraz je čas باسم ربنا يسوع Tu vedrai TOMPO LEHIBE Mon Dieu est si grand Cand Isus era pe munte de qiú yào zuò de shì xuán zhuǎn Иисус мой, Спаситель Mukaddas Xudo
Song not available - connect to internet to try again?