1 Hokim bilan ovqatlanishga oʻtirganda, oldingga qoʻyilgan narsalarga nazar sol. 2 Agar ishtahang katta boʻlsa, boʻgʻzingga pichoq tiralganday, oʻzingni nazorat qil. 3 Uning neʼmatlarini koʻngling tusamasin, chunki bu aldamchi taomdir. Yettinchi nasihat 4 Boy boʻlay deb koʻp harakat qilma, fahmu farosat bilan bu fikringdan voz kech. 5 Boylik koʻz ochib yumguncha yoʻq boʻladi, qanot qoqib burgutday osmonga uchib ketadi. Sakkizinchi nasihat 6 Xasisning ovqatidan yema, uning neʼmatlarini koʻngling tusamasin. 7 Chunki u koʻnglida oʻzining foydasini hisoblaydi, "Yegin, ichgin", - deydi-yu, koʻngli sen bilan emas. 8 Yegan luqmangni qayt qilasan, shirin soʻzlaring havoga uchib ketadi. Toʻqqizinchi nasihat 9 Ahmoqqa gap gapirma, u hikmatli soʻzlaringni rad etadi. Oʻninchi nasihat 10 Qadimiy chegaralarni buzma, yetimlarning dalasini tortib olma. 11 Chunki ularning Himoyachisi qudratli, U yetimlarning tarafini oladi. Oʻn birinchi nasihat 12 Yuragingni nasihatga, quloqlaringni esa idrokka och. Oʻn ikkinchi nasihat 13 Boladan tanbehni ayama, chunki tayoq bilan ursang oʻlmaydi. 14 Tayoq bilan urib jazolasang, jonini doʻzaxdan saqlaysan. Oʻn uchinchi nasihat 15 Oʻgʻlim, qalbingda donolik boʻlsa, yuragim quvonadi. 16 Tilingdan toʻgʻri soʻz chiqsa, koʻnglim ham shodlanadi. Oʻn toʻrtinchi nasihat 17 Gunohkorlarga havas qilma, doimo Egamizdan qoʻrqib yur. 18 Chunki albatta kelajak bor, umiding roʻyobga chiqadi. Oʻn beshinchi nasihat 19 Oʻgʻlim, tinglab dono boʻl, yuragingni toʻgʻri yoʻlga sol. 20 Mayxoʻr va ochkoʻzlik bilan goʻsht yeydiganlar orasida boʻlma. 21 Chunki mayxoʻr va ochkoʻz qashshoq boʻladi, uyquchilik juldur kiyim kiydiradi. Oʻn oltinchi nasihat 22 Seni dunyoga keltirgan otangga quloq sol, onang qariganda uni xor qilma. 23 Haqiqatni sotib ol, donolik, yoʻl-yoʻriq, idrok ham ol, ularni sotma. 24 Solih otasining boshini koʻkka yetkazadi, dono farzand uni xursand qiladi. 25 Ota-onang sendan xursand boʻlsin, senga hayot bergan onang shod boʻlsin. Oʻn yettinchi nasihat 26 Oʻgʻlim, menga qalbingni och, koʻzlaring ishlarimni kuzatsin. 27 Chunki buzuq xotin - tubsiz choh, zinokor xotin tor quduqdir. 28 U qaroqchi kabi poylab turadi, odamlar orasida vafosizlikni orttiradi. Oʻn sakkizinchi nasihat 29 Qaygʻu kimda, kim gʻam-tashvish tortadi? Kim janjal qiladi, shikoyat qilgan kim? Kim sababsiz yaralanadi? Kimning koʻzlari qip-qizil? 30 Sharob ichishga berilganlar, xushboʻy mayni totib koʻrishga koʻp borganlar. 31 Sharobning qizilligiga, qadahda choʻgʻday tovlanishiga, tekis quyilishiga qarama. 32 Oxirida u ilon kabi chaqadi, qora ilonday zahar sochadi. 33 Koʻzlaring gʻalati narsalarni koʻradi, yuragingda egri fikrlar boʻladi. 34 Koʻpirgan dengiz oʻrtasida yotganday, toʻlqinlarda chayqalgan kemada uxlaganday boʻlasan. 35 "Meni urdilar, ogʻrimadi, kaltakladilar, lekin bilmadim. Qachon uygʻonaman? Yana bir ichay", - deysan.ليك بنقدم سجود يا مؤتي الأغاني ӘН ҜӨЗӘЛ АДДЫР О هلّلويا (لأنّ نورك يهديني) Jak błogo wiedzieć Jezus jest mój sẖyl ạ̉ydyk أراك بالإيمان Ալելույա Հիսուս Մեր Տեր TSY HO ZAKA أنا في انتظارك
Song not available - connect to internet to try again?